calendar 23 May 09:32
eye 15
comments 0
comments Manba: qalampir

APL: "Siti" 8-marta chempion bo'ldi. "Yunayted" va "Arsenal" EChLda quruq qoldi

image
image

Angliya Premyer ligasining 2021-2022 yildagi mavsumi "Manchester Siti"ning chempionligi bilan yakun topdi. So'nggi 38-turda "shaharliklar" "Aston Villa" ustidan 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Shu tariqa, "Siti" 8-marta Angliya chempionligini qo'lga kiritdi.

Oxirgi yillarda "Siti"ga munosib raqobat ko'rsatayotgan "Liverpul" 38-turda "Vulverxempton"ni 3:1 hisobida mag'lub etganiga qaramay, 92 ochko to'plagan holda musobaqani 2-o'rin bilan yakunlashga majbur bo'ldi.

Evropa Chempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi 3 va 4-o'rinni Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari egalladi. Shu tariqa, kelasi yili Evropa Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Eʻtiborlisi, joriy yilda Angliya Premyer ligasi chempionati to'purari uchun kechgan poygada 23 tadan gol urgan Son Xyon Min va Muhammad Saloh g'alaba qozondi. Qayd etish joizki, Son APL "Oltin butsa"sini qo'lga kiritgan osiyolik birinchi futbolchiga aylandi va tarixga kirdi. Shuningdek joriy mavsumda 13 ta golli uzatma muallifiga aylangan Saloh APLning eng yaxshi assistentiga ham aylandi.

Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb "Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne eʻtirof etildi. De Bryuynening jamoadoshi Fil Foden esa yilning eng yaxshi  yosh futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 4-marta APLda (APL 1992 yilda tashkil etilgan) chempionga aylandi. Bu borada ispaniyalik mutaxassis Joze Mourino va Arsen Vengerni ortda qoldirdi. Har ikkala murabbiy ushbu musobaqada 3 martadan g'olib bo'lgan edi.

Angliya chempionligini qo'lga kiritish bo'yicha Aleks Fergyuson yetakchi hisoblanadi. Shotlandiyalik sobiq murabbiy "Manchester Yunayted" bilan birga 13 marta APLda chempionga aylangan.

Gvardiola o'z faoliyati davomida 10-marta chempionat g'olibligini qo'lga kiritmoqda. "Manchester Siti" bilan 4-marta Angliyada birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Germaniya chempionatida "Bavariya" bilan, Ispaniyada "Barselona" bilan 3 martadan bu natijaga erishgan.

Pep 2008/09 yilgi mavsum "Barselona"dagi debyut mavsumidan buyon mamlakat chempionligini qo'lga kiritish bo'yicha top-5 ligalarda yetakchi hisoblanadi. 13 yildan buyon hyech bir murabbiy 10 marta chempion bo'lmagan.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
17
0
qalampir.uz

Rivaldo va Denilsonga qarzdorlikni kim to‘lashi kerak?

Braziliyalik futbolchi Rivaldoning da’volari “Zeromax” kompaniyasiga qaratilgan va uning maoshi bo‘yicha qarzdorlik nega “Bunyodkor”ga qo‘yilayotgani noma’lum. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi. Gap shundaki, Rivaldo va boshqa xorijlik futbolchilar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilgan: futbolchilar, klub va “Zeromax”. Futbolchilar “Bunyodkor”da o‘ynashlari kerak edi, biroq ular

08 Feb 14:58
 
43
0
qalampir.uz

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Aziz Turg‘unboyev Turkiyaning “Sivasspor” klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Ajansspor” nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Sivas shahri klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinadi.  Qayd etish joiz, Aziz Turg‘unboyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida

09 Mar 02:27
 
36
0
xs.uz

Isroil Madrimov WBA kamari sohibiga aylandi

Professional boksda oʻz faoliyatini olib borayotgan bokschimiz Isroil Madrimov chempionlik jangida ringga koʻtarildi.Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida vakilimizga rossiyalik Magomed Qurbonov (25-0, 13 KO) raqiblik qildi.Bokschimiz 12 raundga belgilangan jangning 5 raundida Qurbonovni nokautga uchratdi va super oʻrta vazn toifasida WBA kamari egasiga aylandi.

01 Feb 09:57
 
37
0
qalampir.uz

O‘zbek futboli tarixida ilk bor APLga futbolchi transfer qilindi

Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning “Brentford” klubiga ijaraga berildi. Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati xabar berdi. “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini APL ishtirokchisi “Brentford” klubida davom ettiradi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar “Brentford”da ijarada asosida o‘ynaydi. Ushbu m