calendar 23 May 09:31
eye 16
comments 0
comments Manba: qalampir

Bayden Ukrainaga bermagan yordamini Tayvanga vaʻda qildi

image
image

AQSh Prezidenti Jo Bayden bugun, 23 may kuni rasmiy Vashington "yagona Xitoy" siyosatiga sodiq qolganiga qaramay, Tayvanga hujum qilinsa, Amerika harbiylari aralashishini maʻlum qildi.

Bayden Tokiodagi matbuot anjumanida, "Tayvanni himoya qilish uchun AQSh harbiy jihatdan aralashuvga tayyormi yoki yo'qmi", degan savolga, "Ha, va bu biz zimmamizga olgan majburiyatdir", deya javob bergan.

Matbuot anjumani chog'ida Kisida, o'z navbatida, Yaponiya o'zining mudofaa qobiliyatini, jumladan, Tayvan zonasidagi vaziyatni hisobga olgan holda mustahkamlashda davom etishini taʻkidladi. Ikki davlat rahbarlari, shuningdek, yana bir bor mintaqadagi har qanday nizolarni tinch yo'l bilan hal qilishga chaqirib, o'rnatilgan dunyo tartibini zo'rlik bilan o'zgartirishga yo'l qo'yib bo'lmasligini taʻkidladilar.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 20 may kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden o'zining uch kunlik Osiyoga safari chog'ida Janubiy Koreyada bo'ldi. 21 may kuni Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Keyinchalik Jo Bayden 22 may kuni Yaponiyaga tashrif bilan bordi. Bu uning lavozimga kirishganidan keyin Yaponiyaga birinchi tashrifi hisoblanadi.

Maʻlumot o'rnida, AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi urush boshlanishidan oldin, Rossiya hujum qilsa, harbiy harakatlarga aralashmasligini aytgandi. Ammo Tayvan masalasida Bayden boshqacharoq pozitsiya oldi.

Kamronbey Kenjayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Feb 17:34
 
47
0
qalampir.uz

Pashinyan Rossiya bilan Armanistonning "biri ikki bo‘lmasligi"ga ishonyapti

Yerevan harbiy-texnikaviy hamkorlik uchun yangi sheriklar qidiryapti, chunki Armaniston buni oldingi kabi faqat Rossiya bilan amalga oshira olmaydi. Bu haqda kecha, 1 fevral kuni mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston jamoat radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, avvallari Armanistonning mudofaa sohasidagi munosabatlarining 95-97 foizi Rossiya Federatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan, ammo hozir bu ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra imk

01 Feb 15:07
 
41
0
qalampir.uz

Qozog‘istondagi yirik YTHdan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bormi?

Kecha, 31 yanvar kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati, Jualin tumani, Nurlikent qishlog‘i yaqinidagi “G‘arbiy Yevropa-G‘arbiy Xitoy” avtomobil yo‘lining 567 kilometrida 26 ta avtotransport vositalari ishtirokida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Ushbu YTHdan jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi aniqlandi. Bu haqda mamlakatning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi. Bildirilishicha, Bosh konsulxona xodimlari mazkur hodisa yuzas

31 Jan 14:06
 
65
0
qalampir.uz

Zalujniy Zelenskiyning taklifini rad etdi – “The Economist”

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimini egallash taklifini rad etdi. Bu haqda manbalariga tayanib, “The Economist” jurnali xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yanvar kuni kechqurun Zelenskiy Zalujniy bilan uchrashuv o‘tkazgan. Prezident generalga uni ishdan bo‘shatish haqidagi qarori haqida ma’lum qilgan va uni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi koti

03 Feb 11:55
 
44
0
qalampir.uz

Xalqaro Sud qaroridan so‘ng ham G‘azodagi vaziyat yaxshilanmadi – BMT  

So‘nggi kunlarda G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat yaxshilangani yo‘q. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) rasmiy vakili Yens Larke ma’lum qildi.  OCHA vakilidan Xalqaro Sudning Isroil G‘azoda genotsidning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi kerakligi haqidagi qaroridan so‘ng gumanitar vaziyatda yaxshilanish kuzatilgani yoki yo‘qligi so‘raldi. "Biz G‘azodagi vaziyat haqid