calendar 23 May 07:31
eye 24
comments 0
comments Manba: qalampir

Maymun chechagi. Yangi pandemiya xavfi bormi? 

image
image

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagining yanada tarqalishiga qarshi bir qator choralar ko'rishga chaqirmoqda. 

Tashkilot maʻlumotlariga ko'ra, odamlarda maymun chechagi bilan kasallanish holatlari shu paytgacha Evropa, Shimoliy Amerika va Avstraliyada aniqlangan. Biroq, kuzatuvlarning cheklangani sababli, kasallik boshqa mamlakatlarda ham qayd etilishi mumkin. 

Joriy yilning 21 may holatiga ko'ra, dunyoda maymun chechagi infektsiyasining 90 ga yaqin tasdiqlangan holatlari qayd etilgan. 30 ga yaqin odam ushbu kasallikka chalinganlikda gumon qilinmoqda. Hozircha o'lim holatlari qayd etilmagan. 

Mutaxassislar yangi pandemiya kutmayapti 

Maymun chechagi birinchi marta 1970 yilda Kongo Demokratik Respublikasida odamlarda aniqlangan. Kasallikning alohida holatlari Markaziy va G'arbiy Afrika mamlakatlarida kuzatilgan. 

Yaqin kelajakda maymun chechagi infektsiyalari sonining ko'payishi kutilayotganiga qaramay, mutaxassislar hali jiddiy tashvishlanish sabablarini ko'rmayapti. 

"Biz yangi pandemiyadan qo'rqmasligimiz kerak", degan Myunxendagi Lyudvig va Maksimilian nomidagi universitet virusologi Gerd Sutter. 

Uning qayd etishicha, maymun chechagi hayvonlardan odamga yuqadigan zoonoz kasallikdir. Uning odamdan odamga yuqishi bilan ikkilamchi tarqalishi cheklangan. 

JSST davlatlari Jyenevada virusni muhokama qilyapti 

Joriy yilning 22 may kuni Jyenevada ochilgan 75-Jahon sog'liqni saqlash assambleyasi sog'lom va osoyishta sayyora qurishga eʻtibor qaratmoqda. 2019 yildan beri birinchi marta yuzma-yuz o'tkazilayotgan JSSTning yillik asosiy forumida tashkilotga aʻzo 194 davlat, jumladan, Rossiya vakillari ishtirok etmoqda. Forum mavzularidan biri maymun chechagi virusining tarqalishidir. 

Eslatib o'tamiz, Belgiya dunyoda birinchi bo'lib maymun chechagi bilan kasallanganlar uchun 21 kunlik majburiy karantin joriy qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
25
0
qalampir.uz

Si Szinpin Pekinda Lavrovni qabul qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi. “Biz o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, sizning rahbarligingizda so‘nggi o‘n yillikda erishgan muvaffaqiyatlaringizni yuksak qadrlaymiz va hayratda qolamiz. Biz bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnunmiz, chunki bu do‘stlarning muvaffaqiyati. Biroq dunyoda hamma ham bunday munosabatda emas va ular Xitoyning rivojlanishini to‘xtatish uch

07 Mar 20:08
 
79
0
qalampir.uz

Hindiston Pokiston bilan chegarada harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Hindiston Qurolli kuchlari 12 mart kuni Pokiston bilan chegaradosh g‘arbiy Rajastan shtatida quruqlikdagi qo‘shinlar, havo kuchlari va dengiz floti ishtirokida keng ko‘lamli kompleks harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda “The Times of India” gazetasi yozmoqda. Mashqlar Hindistonda ishlab chiqarilgan qurollarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Hind kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 60 ga yaqin qurollar, jumladan, “BrahMos”  tez uchuvchi qano

11 Apr 13:56
 
17
0
qalampir.uz

Tayvan va Xitoyni ikkiga ajrata oladigan hech qanday kuch yo‘q – Si Szinpin 

Materik Xitoy va Tayvanni ajratib qo‘ya oladigan hech qanday kuch yo‘q. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin kecha, 10 aprel kuni Pekinda Tayvan ma’muriyati sobiq rahbari Ma Inszyu bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi. "Bo‘g‘ozning har ikki tomonidagi vatandoshlarning hal qilib bo‘lmaydigan muammolari va muhokama qilib bo‘lmaydigan tashvishlari yo‘q. Bizni ajratib qo‘yadigan kuch yo‘q", degan Si Szinpin. U Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida yashovchi

11 Apr 13:56
 
27
0
qalampir.uz

Lukashenkoning tanqidchisi tergov hibsxonasida vafot etdi

Joriy yilning 9 aprel kuni zaxiradagi podpolkovnik, siyosiy mahbus va tadbirkor Aleksandr Kulinich Belarusning Brest shahridagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi. Belarus Oliy sudi veb saytida yozilishicha, Kulinich 16 aprelda Jinoyat kodeksining 368-moddasi 1-qismi ("Belarus Respublikasi Prezidentini haqorat qilish") bo‘yicha sudga tortilishi kerak edi. Mahbus sud jarayoniga 1 hafta, 52 yoshga to‘lishiga esa 2 kun qolganida yurak ishemik