calendar 23 May 06:31
eye 16
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonga kelayotgan AQSh delegatsiyasida kimlar bo'lishi ochiqlandi

image
image

Avvalroq AQSh delegatsiyasi O'zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik. Unga Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisi Donald Lu boshchilik qilishi aytilgandi. Amerika delegatsiyasining tashrifi bo'yicha qo'shimcha maʻlumotlar berildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabariga ko'ra, Delegatsiya tarkibiga Pentagon, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi, AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi vakillari ham kiradi. 

Hukumat delegatsiyasi joriy yilning 23-27 may kunlari O'zbekistondan tashqari Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonda bo'ladi. 

"Donald Lu rahbarligidagi AQSh delegatsiyasi 23-27 may kunlari Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Tojikistonga safar qiladi, bu AQShning mintaqa bilan munosabatlarini mustahkamlash hamda yanada farovon va xavfsiz davlat yaratish bo'yicha birgalikdagi saʻy-harakatlarni ilgari surish maqsadida amalga oshiriladi", deyiladi xabarda 

Tashrif doirasida Amerika delegatsiyasi aʻzolari nomi tilga olingan mamlakatlar rasmiylari, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashish niyatida. Tojikistonda "iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun" har yili ikki tomonlama maslahatlashuvlar o'tkazish ham rejalashtirilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Feb 15:16
 
31
0
qalampir.uz

Chilida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Qurbonlar bor (video)

Bugun, 3 fevral kuni Chili Prezidenti Gabriel Borich kamida 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli Valparaiso viloyatida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “O‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, 5-hududda, yuqori harorat va shamol tufayli juda qiyin, ammo shuni bilingki, hukumat, o‘t o‘chiruvchilar, Milliy o‘rmon xo‘jaligi korporatsiyasi, politsiya va fuqarolik ja

09 Feb 17:22
 
30
0
qalampir.uz

Kim Chen In Shimoliy Koreya Janubni bosib olishga tayyorligini e’lon qildi

Kim Chen In o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun Janubiy Koreya hududini bosib olishga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat armiyasi tashkil etilganining 76 yilligi munosabati bilan nutq so‘zlagan.  “Hukumatimiz xalqimizning bo‘linishi va qarama-qarshiligi tarixini sarhisob qilib, janubiy koreyalik qo‘g‘irchoqlarni mamlakatning eng zararli va o‘zgarmas dushmani sif

06 Feb 09:56
 
44
0
qalampir.uz

Oxirgi 4 oyda G‘azoda qancha falastinlik qurbon bo‘lgani ochiqlandi

2023 yilning 7 oktyabridan beri Isroilning bombardimonlari ostida bo‘lgan G‘azo sektorida 100 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, yaralangan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) rahbari Filipp Lazzarini ma’lum qildi.   Lazzarini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bergan bayonotida G‘azo aholisining 80 foizdan ortig‘i uylarini tark etishga majbur bo‘lganini aytdi.   G

03 Feb 16:31
 
33
0
qalampir.uz

Suriya va Iroq AQSHning zarbalarini qoraladi

Suriya va Iroq o‘z hududlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Eronga aloqador kuchlarga berilgan zarbalarni qoraladi. Bu haqda ikki davlat rasmiylari chiqish qildi.  Dastlab Iroq Qurolli kuchlari matbuot kotibi Yahyo Rasul milliy televideniye orqali AQSH zarbalarini “mamlakat suverenitetining buzilishi” deb atadi.  “AQSHning harakatlari Iroq hukumatining sa’y-harakatlariga putur yetkazadi hamda Iroq va butun mintaqa uchun dahshatli oqibatlarga olib