calendar 22 May 18:10
eye 13
comments 0
comments Manba: daryo

Video: Antarktidadagi pingvinlarni kuzatish bilan shug‘ullanayotgan kichkintoy robot

image

Echo laqabli sariq gibrid yo‘ltanlamas tadqiqotchilarga Antarktidadagi hayvonlarni, xususan, imperator pingvinlarini kuzatishda yordam bermoqda, deb yozadi Live Science.

Foto: Live Science

To‘rt g‘ildirakli robot 2017-yilda MARE nomi ostida ishga tushirilgan 30 yillik WHOI dasturining bir qismi hisoblanadi. Mazkur loyiha doirasida imperator pingvinlaridan Antarktidadagi umumiy ekotizimning indikatorlari sifatidan foydalaniladi. Olimlar pingvinlar iqlim o‘zgarishiga qanchalik moslashayotganini hujjatlashtirib, global isish uchmaydigan dengiz qushlari oziqlanadigan baliqlar soni va ularning taqsimlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga urinmoqda.

Robot masofadan turib boshqariladi, unga lidarlar va avtonom navigatsiya uchun GPS texnologiya o‘rnatilgan. Shuningdek, Echo’ning tadqiqotchilarga pingvinlar koloniyasini nazorat qilish va ularning harakatini kuzatish imkonini beradigan datchiklar mavjud.

Masalan, radiochastotani identifikatsiya antennasi WHOI tadqiqotchilari pingvinlarning polaponlariga besh oyligida o‘rnatilgan mitti RFID-belgilarni skaner qiladi. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, MARE loyihasi boshlanganidan buyon har yili 300 ta pingvinga belgi o‘rnatilmoqda.

Robot pingvinning RFID-belgisi harakati zonasiga — 86 santimetr radiusga kirishi bilan u qushning umumiy jismoniy va nasl qoldirish holati bo‘yicha ma’lumotlarni, shuningdek, pingvin dengizdaligida okeanografik ma’lumotlarni oladi.

Bundan tashqari, robot 360 darajaga burila oladigan kamera bilan ham jihozlangan. U olimlarga Echo duch keladigan alohida pingvinlarni aniqlashda yordam beradi, GPS ma’lumotlar esa qushning tabiatda tarqalganlik darajasini ko‘rsatadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 11:17
 
45
0
qalampir.uz

Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi.  Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023

07 Mar 20:08
 
13
0
qalampir.uz

Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi. Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan. Long

07 Mar 20:08
 
16
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

05 Feb 11:28
 
36
0
qalampir.uz

Yaponiya Oyni zabt etgan beshinchi davlatga aylandi

Yaponiya  uchirgan kosmik kema Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning SLIM (Smart Lander for Investigating Moon) kosmik kemasi Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq hozirda muhandislar uning akkumulyatorining quvvati butunlay tugab qolishidan qo‘rqmoqda. Chunki qurilmaning quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Agar batareyalar tugasa, SLIM bilan aloqa uzilishi mumkin. Yaponiya kosmik agentligi v