Mashhurlarning vaqt sinovidan o‘tgan samimiy va haqiqiy do‘stligi (foto)

Haqiqiy do‘st doimo sizni qo‘llab-quvvatlashga va har qanday qiyinchiliklarni yengishga yordam berishga tayyor bo‘ladi. Do‘stlar o‘zimizga bo‘lgan hurmatimizni oshiradi va bizni xursand qiladi. Haqiqiy do‘stni topish unchalik oson emas, lekin hamma ham shunday odamga muhtoj, shu jumladan mashhurlar ham.

Kara Delevin va Rianna

Foto: East News

Rianna va Kara Delevin birinchi marta moda ko‘rgazmasida uchrashganida Kara qo‘shiqchining beliga shapatilab qo‘yadi. O‘shandan beri ular bir-birlariga shunday hazillashishni yaxshi ko‘rishadi. Ular nafaqat klub va ziyofatlarga birga borishni yoqtiradi, balki ularning do‘stligi bazmlardan tashqarida ham davom etadi. Ikkala qiz ham juda band va dunyoning turli burchaklarida yashaydilar, lekin ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, maslahat va tavsiyalar uchun doimo bir-birlariga murojaat qilishadi.

Jennifer Lopes va Lia Remini

Foto: East News

Jennifer Lopes va Lia Remini o‘sha paytda Jennifer Lopesning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Mark Entoni orqali tanishgan. 2004-yilda Mark rol o‘ynagan filmning premyerasida Lia Jenniferning nafis terisi uning g‘ashiga tegayotganini aytib, hazillashadi. Lianing aytishicha, odamlar bir vaqtning o‘zida aqlli va go‘zal bo‘la olmaydi, lekin Jennifer bundan mustasno. O‘shandan beri ular Mark Entoni bilan ajrashganiga qaramay, do‘st bo‘lib qolishdi.

Robert De Niro va Martin Skorseze

Foto: East News

Robert De Niro Martin Skorsezening ko‘plab filmlarida rol o‘ynagan, ammo ularning do‘stligi hamkorlikdan oldin boshlangan. Ular hali o‘smirlik chog‘larida tanishishadi, birgalikda filmlar ustida ishlay boshlaganlarida esa munosabatlari yanada chuqurlashdi. Ular bir-biriga ishonadi, do‘stliklari esa mustahkam rishta bilan bog‘langan.

Sofiya Vergara va Riz Uizerspun

Foto: East News

Sofiya Vergara va Riz Uizerspun mehmonxonada tanishgan. Sofiya mehmonxona ichkarisiga kirgach, xonadagilarning hammasi yulduzga tikilib qoladi. Avvaliga ular bir-birlarini tushunishga qiynalishadi — Riz texascha lahja bilan tez gapirardi, Sofiya esa kolumbiyacha lahjaga ega edi. Ammo bu ularning do‘st bo‘lishlariga to‘sqinlik qilmadi. Ular birgalikda tez-tez sayohat qilishadi va biror narsa ustidan kulish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi.

 Krissi Taygen va Kim Kardashyan

Foto: East News

Ular shunchaki do‘st emas, balki bir-birlari uchun maslahatchi va ilhom manbai ham. Kim Krissiga onalik haqida maslahat beradi, Krissining farzandli bo‘lgandan keyingi qomati esa Kim uchun namuna bo‘ldi. Ular Fergining videosida ham birga rol o‘ynashgan.

Kendall Jenner va Jiji Hadid

Foto: East News

Kendall Jenner va Jiji Hadidning bolalik va o‘smirlik yillari birgalikda o‘tgan. Vaqti-vaqti bilan ular realiti-shoularda ishtirok etishdi va eng yaxshi dugonalarga aylanishdi. Karyeralari davomida Kendal va Jiji shunchalik qalinlashib ketishdiki, hatto qarindoshlari o‘rtasidagi nikoh va ajralishlarning o‘zaro bog‘liqligi tufayli ular bir-biriga begona emasliklari ma’lum bo‘ldi.

 Emma Stoun va Jennifer Lourens

Foto: East News

Bu do‘stlik internetdagi yozishmalar orqali paydo bo‘lgan. Jennifer Lourens va Emma Stoun tanishuvni xabar almashish orqali boshlaydi, keyinchalik esa karyera va shaxsiy hayotlarida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Jennifer va Emma ular haqiqiy oila ekanliklarini va har doim bir-biriga yordam berishlarini ta’kidlaydilar.

Selena Gomes va Teylor Svift

Foto: East News

Bu yoqimtoy qizlar avvaldanoq do‘st. Ular do‘st bo‘lishgan 2008-yildan beri Selena Gomez doimo Teylor Svift sevgi bobidagi maslahatlariga amal qiladi. “Who Says ”qo‘shig‘ini ham sahnada birgalikda ijro etishgan.