Italiya A Seriyasining 2021/22-yilgi mavsumdagi eng yaxshilari aniqlandi

Italiya A Seriyasining 2021/22-yilgi mavsumdagi eng yaxshilari aniqlandi.

Foto: Twiitter

A Seriya matbuot xizmati har bir pozitsiya bo‘yicha mavsumning eng yaxshi o‘yinchilari nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Milan” posboni Mayk Menyan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Gleyson Bremer (“Torino”) esa eng yaxshi himoyachi nomiga sazovor bo‘ldi.

“Inter” yarim himoyachisi Marselo Brozovich o‘z pozitsiyasida eng kuchli deb topilgan bo‘lsa, Chiro Immobile (“Latsio”) eng yaxshi hujumchiga aylandi.

“Napoli” hujumhisi Viktor Osimhen esa mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

A Seriya yakunlanishiga bir tur qoldi. Peshqadam “Milan”ning hisobida 83 ochko bor, ikkinchi o‘rindagi “Inter” 81 jamg‘argan. Chempionlik masalasi oxirgi turda hal bo‘ladi.

“Roma” 20-may kuni 38-turdagi o‘yinini o‘tkazib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Italiyadan qaysi jamoalar 2022/23-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida qatnashishi ma’lum qilingandi.