calendar 22 May 00:10
eye 15
comments 0
comments Manba: daryo

CNN: AQSH Yevropada 100 ming nafar harbiylarini qoldirmoqchi

image

AQSH yaqin kelajakda Yevropada o‘z harbiy xizmatchilarining taxminan 100 ming nafarini saqlab qolishi kutilmoqda. Bu haqda CNN amerikalik mansabdorlarga tayanib xabar bergan.

Foto: Reuters

Manbalarga ko‘ra, agar NATO mintaqada qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishga qaror qilsa, Amerika qurolli kuchlari kontingenti vaqtinchalik oshishi mumkin. Bundan tashqari, “xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgargan taqdirda” AQSH Yevropada yangi bazalar ochsa ham harbiy xizmatchilar soni ortishi mumkin, deb taxmin qiladi ular.

AQSH NATO mamlakatlari qurolli kuchlari bosh qo‘mondonlarining Bryusseldagi uchrashuvidan keyin bu rejalarni ko‘rib chiqa boshlagan.

AQSH Yevropadagi qo‘shinlari guruhini mart oyida 100 ming kishiga yetkazgan edi. Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi boshlanguniga qadar mintaqada taxminan 60 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Bundan tashqari, Vashington NATO javob ko‘rsatish kuchlariga ming nafar askarlarini yo‘naltirgan.

Prezident Jo Bayden Rossiya bilan urush qilish va Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashish uchun emas, balki NATO bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qilish uchun mintaqada bo‘lib turganini ta’kidlagan. AQSH hukumati Ukrainadagi voqealar rivoji har qanday tus olgan holda ham Bayden bu mamlakatga Rossiyaga qarshi kurashish uchun amerikalik askarlarni yubormasligini bir necha marta aytib o‘tgan.

Mart oxirida quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Jeyms Makkonvil AQSH Yevropadagi harbiy ishtirokini sovuq urush davridagi darajagacha oshirmasligini ma’lum qilgandi, bu davrda mintaqada 350 ming AQSH qo‘shinlari bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Feb 18:53
 
56
0
qalampir.uz

Toshkentga kelgan Eron rasmiysi dunyodagi beqarorlikda AQSHni aybladi

Qo‘shma Shtatlarning terrorizmni yaxshi va yomonga ajratishi dunyodagi beqarorlik sababidir. Bu haqda Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev bilan uchrashuvda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kani ma’lum qildi.  “Amerikaning terrorizmni yaxshi va yomonga ajratishi dunyodagi beqarorlikning sababidir. AQSHning bir tomonlama yondashuvi dunyoda tinchlik o‘rnatishga qo

09 Feb 11:40
 
34
0
qalampir.uz

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlariga yangi bosh qo‘mondon tayinladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni lavozimidan ozod qildi va uning o‘rniga sharqiy frontdagi Ukraina qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Sirskiyni tayinladi. Bu haqdagi farmon Ukraina Prezidenti saytida e’lon qilindi. “Bugundan boshlab Ukraina Qurolli kuchlarini yangi jamoa boshqara boshlaydi. Men general-polkovnik Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni etib tayinladim”,

06 Feb 17:19
 
37
0
qalampir.uz

Britaniya armiyasi uchun yangi jangovar mashina ishlab chiqilmoqda

Babcock International Group va Supacat kompaniyalari Britaniya armiyasi uchun Jackal 3 jangovar avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Army Recognition” portali ma’lum qildi. Babcock International Group Bosh direktori Devid Lokvudning aytishicha, Jackal 3 mashinalari Buyuk Britaniyada xavfsizlikni saqlashga yordam beradi. "Global noaniqlik davrida, Jackal 3’ning Britaniya armiyasiga topshirilishi mamnuniyat bilan qabul qilinishi kerak", deydi

02 Feb 12:46
 
51
0
qalampir.uz

Bishkek elektr stansiyasida yirik portlash sodir bo‘ldi

Bugun tunda Bishkek issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.  Baxtsiz hodisa ertalab soat 3:00 da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, isitish qozonlaridan biri portlagan. Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jurnalistlarga qozon uskunasi operatorlari jarohatlangani haqida ma’lum qildi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ikki bemorda o‘ta og‘ir kuyish shoki, uchinchisida esa o‘rtacha ja