BAA Pro-Ligasi. Otabek Shukurovning uzoq masofadan urgan goli “Sharja”ga irodali g‘alaba keltirdi (video)

Futbol bo‘yicha BAA Pro-Ligasining 25-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Sharja” 21-may, shanba kuni “Emireyts” bilan bahs yuritdi.

Foto: “Sharja”

“Sharja” maydonida o‘tgan bahs 2:1 hisobi bilan yakunlandi, unda mezbonlar g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi,“Sharja”ning g‘alaba goliga Otabek Shukurov mualliflik qildi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, darvozasini ishg‘ol etdi.

Qayd etish kerak, uchrashuvda Otabek Shukurov sardor sifatida harakat qildi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Shukurov 23-tur doirasidagi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirgandi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Sharja”ning ochkolari soni 54 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Al-Ayn” hisobida 61 ochko mavjud.

BAA Pro-Ligasi

25-tur bahsi

21-may shanba

“Sharja” — “Emireyts” 2:1

Gollar: 0:1 — Neves, 1:1 — 41 Kayo, 2:1 — 44 Shukurov.