Baliqlari bilan sayrga chiqqan odam, AQSHga kelayotgan muhojirlar, qirolicha tug‘ilgan kuniga tayyorgarlik. 19-may suratlari
O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Mirishkor qishlog‘idagi uy oldida tandir va o‘choq uchun kesib, taxlangan o‘tinlar.
Foto: “Daryo” / Hilola G‘iyosova
Ultraortodoksal yahudiylar Meron tog‘idagi ravvin Shimon Bar Yoxay qabrini ziyorat qilmoqdalar.
Foto: EPA
Kolombodagi namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi.
Foto: “TASS”
Londonda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan parad repetitsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: EPA
AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden Lotin Amerikasi bo‘ylab olti kunlik turnesi avvalida Ekvadorga safar qildi.
Foto: “TASS”
Bangladeshning Silxet shahrida kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng suv bosgan koridorda ovqat pishirayotgan ayol.
Foto: AFP
Kambojalik Pov Sokha va Soeur Chanleakhena Xanoyda bo‘lib o‘tayotgan 31-Janubi-Sharqiy Osiyo o‘yinlari paytida vovinam musobaqasining ayollar toifasida kuch sinashmoqda.
Foto: AFP
Tailandning Bangkok shahri markazida 2010-yilgi miting tarqatib yuborilganining 12 yilligini nishonlash uchun yig‘ilgan “Qizil ko‘ylak” a’zolari.
Foto: Reuters
Tayvan markazining Taichung shahridagi bog‘da o‘zining maxsus baliq aravachasi bilan suratga tushayotgan odam.
Foto: AFP
Flamingolar Atakama tekisligidagi Chaxa lagunasi ustidan uchib o‘tmoqda. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, litiy qazib olish qushlarni hududni tark etishga majbur qilmoqda.
Foto: Reuters
Hindistonning Assam shtatida yog‘gan kuchli yomg‘irdan keyin suv bosgan hududdan chorvalari bilan qayiqda ko‘chib o‘tayotgan qishloq aholisi.
Foto: AFP
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Parijdagi osma restoran, 5 tonnalik kalla suyaklari, suv tarqatayotgan ko‘ngillilar. 18-may suratlari
- Qum qoplagan Iroq, dafn qilingan prezident, tibbiyot bilan tanishgan bolalar. 17-may suratlari
- Qizargan to‘lin oy, tulkilardan ogohlantirilgan yaponlar, dorixonadagi Kim Chen In. 16-may suratlari
- Oy tuprog‘ida o‘sgan o‘simlik, Pokistondagi jazirama, Moskvadagi ulkan robot. 13-may suratlari
- Qashqadaryoda pishgan qovun, Farg‘onada yog‘ochdan ishlangan mashinalar, NATOning harbiy mashg‘uloti. 12-may suratlari
- Kapalak shaklidagi bayroq, oltin ko‘zli g‘oz, shaharda erkin yurgan maymunlar. 11-may suratlari
- Italiyadagi musobaqada qatnashayotgan o‘zbek poygachisi, odam bilan bellashayotgan robot, irqchilikka qarshi diniy festival. Hafta suratlari