Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmay turib, Xurram Sulton roliga qanday tasdiqlangan?

Turk ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Choliqushi” teleserialining yulduzi — Fahriye Evjen ijro etishi kerak bo‘lgan Xurram Sulton roliga Maryam Uzerli tasdiqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, “Muhtasham yuz yil” serialida Malkocho‘g‘li Bali Bey obrazini gavdalantirgan Burak O‘zchivitning rafiqasi Sulton Sulaymonning sevimli kanizagini o‘ynashi kerak edi. Mish-mishlarga ko‘ra, prodyuserlar Fahriye Evjen bilan shartnoma imzolashga tayyor bo‘lgan, ammo so‘nggi daqiqada ular nemis-turk aktrisasining namunalarini ko‘rib, fikrlarini o‘zgartirgan, deb yozadi “Teleprogramma.pro”.

Foto: Pinterest

Maryam Uzerli turk tilini yaxshi bilmasligiga, so‘zlarni chalkashtirib yuborishiga va har bir murakkab iborani uzoq vaqt o‘rganishiga qaramay, aynan u Xurram Sulton roliga tanlangan. Aktrisaning o‘zi intervyularning birida shuni ma’lum qildiki, uning karyerasi Turkiyada qurilmagan. Shuning uchun barchasi Maryamning boshqalardan farqli, mutlaqo turkiy bo‘lmagan ko‘rinishi bilan bog‘liq. Ammo “Muhtasham yuz yil” teleseriali uchun Maryam ayni muddao edi. Sababi prodyuserlar slavyan qiz Roksolanaga o‘xshashi kerak bo‘lgan qizil sochli aktrisani uzoq vaqt izlagan.

Eng qizig‘i, Maryam Uzerli kastingga kelib, “Muhtasham yuz yil” teleseriali qanday loyiha ekanini ham bilmay turib, bosh rollardan biriga ega bo‘lgan.

Mening bir dugonam bor, u bilan “Gamburg” teatrida birga ishlaganmiz. U serial mualliflariga men haqimda gapirib bergan. Mendan kastingga kelishni xohlaysizmi, deb so‘rashdi. Bu qanday loyiha ekanligini yaxshi tushunmasam-da, keldim.

Men hech narsaga umid qilmaganman, chunki Turkiyada qancha ishlashga harakat qilsam ham, ular menga shunday der edi: “Sening isming turkcha, lekin turklarga o‘xshamaysan. Qolaversa, turk tilini ham bilmaysan”.

Men yana tavakkal qilishga qaror qildim. Ular menga: “Balki, bu yerda bir necha yil qolishing kerakdir”, — deyishdi. Ochig‘ini aytsam, o‘shanda bu yerdan qanday qochib qutula olaman, deb o‘ylagandim.

Maryam Uzerli, aktrisa