calendar 21 May 22:10
eye 28
comments 0
comments Manba: daryo

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari o‘nligidan chiqib ketdi

image

The Times nashri 2022-yil uchun Buyuk Britaniyaning eng boy odamlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Alisher Usmonov top-10 talik ro‘yxatdan chiqib ketdi.

Foto: The Sun

Usmonov 2021-yil bu ro‘yxatda 6-o‘rinni egallagan edi. Tadbirkorning boyligi 2022-yilda AQSH va Yevropa sanksiyalari tufayli 3,4 mlrd funtga qisqarib, 10 mlrd funtga tushib ketgan. Shu tariqa Alisher Usmonov bu ro‘yxatda 11-o‘rinni egalladi. 

“Chelsi” futbol klubining sobiq rahbari Roman Abramovich 28-o‘rinda qayd etilgan. O‘tgan yili Abramovich 8-o‘rinda qayd etilgan edi. Tadbirkor yil boshidan beri 6 mlrd funtdan ziyod mablag‘ yo‘qotib, 20 pog‘ona pastlagan.

Sanksiyalar va Usmonov

Alisher Usmonov 28-fevral kuni, Ukrainada urush boshlanganidan to‘rt kun o‘tib, Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ro‘yxatiga tushgan edi.

Keyinchalik milliarder Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etishga majbur bo‘lgandi. 

Biroz vaqt o‘tib Angliyaning “Everton” futbol klubi ham Usmonovga bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni to‘xtatadi. 

Bundan tashqari, klub USM Holding kompaniyasi bilan 15 million dollarlik nom berish huquqi bo‘yicha kelishuvini bekor qildi.

Germaniya hukumati esa Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uchragan milliarderning 156 metrlik “Dilbar” yaxtasini xatlovga oldi. Usmonovga tegishli yaxta bir necha kun o‘tib ekipaj xodimlarisiz qoldi.

May oyi boshida esa Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxatiga tushgani bo‘yicha apellyatsiya berdi. Tadbirkor qaror chiqmaguncha sanksiyalarni to‘xtatib turishni so‘ragan.

19-may kuni esa milliarder Alisher Usmonov va badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova ajrashishga qaror qildi. Moskvaning Krilatskoye tumani sud okrugi sudyasi bu masalani 7-iyun kuni ko‘rib chiqadi.

Alisher Usmonov 1953-yil 9-sentabrda Namanganda, Irina Viner-Usmonova esa 1948-yil 30-iyulda Samarqandda tug‘ilgan. Ular 1992-yilda oila qurgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jan 17:04
 
33
0
qalampir.uz

Olmaotada yana zilzila bo‘ldi

Qozog‘istonda 2 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Inform. kz” nashri xabar berdi. Bugun, 30 yanvar kuni Olmaotada mahalliy vaqt bilan 04:27 lar atrofida zilzila yuz bergan. Seysmologlar zilzila kuchini 2 ballga baholamoqda. Zilzila magnitudasi 4,5 ni, chuqurligi esa 10 km.ni tashkil qilgan. Uning epitsentri Olmaota shahridan 293 kilometr janubi-sharqda Xitoy hududida joylashgan. Qayd etilishicha, Xitoyda tunda va ertalab yana bir necha bor zilzila bo‘lga

03 Feb 15:16
 
43
0
qalampir.uz

Buyuk Britaniya Kaddafiyning rafiqasiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Buyuk Britaniya Liviya sobiq rahbari Muammar Kaddafiyning bevasi Safiya Farkashga nisbatan sanksiyalarni yengillashtirdi va uning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Buni Britaniya hukumati saytidagi yangilangan sanksiyalar ro‘yxati tasdiqlaydi. London tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining 2011 yildagi 1970-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, Liviya xalqiga qarshi zo‘ravonliklarda qatnashgani uchun o‘n besh liviyalik mansabdor orasida Kaddafiy va uning yaqinlariga nisbat

02 Feb 13:11
 
45
0
qalampir.uz

Ukraina Moskvadan Il-76 da halok bo‘lgan askarlarining jasadini so‘radi

Ukraina rasmiylari Belgorod viloyatida Il-76 halokati oqibatida halok bo‘lgan harbiy asirlarning jasadini qaytarish bo‘yicha Rossiyaga murojaat qilgan, biroq Rossiya tomoni bunga munosabat bildirmagan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov ma’lum qildi.  “O‘lim haqidagi ma’lumotlarga kelsak, Ukraina jasadlarni topshirish uchun ariza berdi va ariza berishda davom etmoqda. Hozircha Rossiya tomoni bunga rozi emas. Shu bois davlatimizni

02 Feb 13:11
 
80
0
qalampir.uz

BMTning Falastinliklarga yordam agentligi G‘azodagi faoliyatini to‘xtatishi mumkin

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) agar tashkilotning moliyaviy yordami pasayishda davom etsa, G‘azo sektori hamda ocharchilik va gumanitar inqiroz avj olgan mintaqadagi barcha faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lishidan ogohlantirdi. Bu haqda UNRWA rasmiy bayonot berdi. U G‘azo sektorida gumanitar inqiroz chuqurlashgan bir paytda tashkilotga moliyaviy yordamning kamayishi falastinliklarga yordamni xavf ostiga qo‘yganin