calendar 21 May 19:10
eye 13
comments 0
comments Manba: daryo

“Boshlangan islohotlarni o‘zim uchun juda ehtiyotkorona, ijtimoiy yo‘naltirilgan qadam deb baholadim”. Xayrulla Nuriddinov va iqtisodchilar energoresurslar bozori hamda energota’minotni isloh qilish haqida

image

Jurnalist Xayrulla Nuriddinov, iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Otabek Bakirov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya hamda Energetika vazirliklari tomonidan e’lon qilingan energota’minotni isloh qilish bo‘yicha qo‘shma bayonot haqida fikr bildirdi. Ushbu holat “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Xayrulla Nuriddinovning ta’kidlashicha, bu haqda 3-4 yildan buyon gapirib kelinadi, ammo pandemiya va boshqa iqtisodiy vaziyatlar tufayli elektr va gazni ham erkin bozorga qo‘yib yuborish amaliyotiga shoshilmay kelinayotgan edi.

Kadr: “Menimcha” ko‘rsatuvi

Berdisini aytguncha urib o‘ldirishga odatlangan ba’zi toifa vakillari “Energotariflar oshadi va endi bizga qiyin bo‘ladi”, deb ayuhannos solishi ham mumkin. Ammo menimcha, xulosaga kelishdan oldin hamma narsaning sababi va oqibatini izlash lozim. Ana shunda foyda aslida kimga-yu, kim nimadan manfaatdor ekaniga tushunib yetadi odam. O‘zbekiston energoresurslarni ishlab chiqarishni ko‘paytiryapti, energoeksport kamayyapti, lekin avvalgi yirik defitsit qoplab ulgurilmay, iste’mol bozori ham kengayyapti, korxonalar ochilyapti, aholi soni va talabi o‘syapti, yetishmovchilik hali saqlanib qolyapti.

Biz O‘zbekistonda hammaga teng, uzluksiz elektr ta’minoti bo‘lishini istaymizmi? Qishda hammamizning uyimiz issiq bo‘lishini xohlaymizmi? Nega qishlog‘imizga tadbirkor bormaydi? Chunki u yerda gaz va elektrda muammo bor. Bular qachon hal bo‘ladi? 25-30 yillik eskirib yotgan issiqlik elektrostansiyalari, transformatorlar bilan buni bajarib bo‘ladimi? Ziyoniga ishlayotgan davlat korxonalar ro‘yxatining eng tepasida energokorxonalar turibdi. Ulardagi eskicha boshqaruv tizimi bilan ahvolni o‘nglab bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. Ular davlat subsidiyalari bilan kun kechirish evaziga na o‘z faoliyatini yaxshilay oladi, na qarzlarini yopa oladi. Chunki bu korxonalar gaz qazib olish va elektr ishlab chiqarish uchun ko‘p pul sarflaydi-yu, ammo eski tizim bo‘yicha iste’molchiga tannarxidan arzonga sotishga majbur. Ustiga ustak, erkin energobozor bo‘lmasa, tashqaridan investor ham eshik qoqmaydi.

Bir qaraganda shuncha yillar davomida bizga arzon gaz va chiroq berib, davlat bizni o‘ylab kelgandek. Aslida bu cho‘ntakdagi pulni iqtisod qilish evaziga narigi cho‘ntagimizdan ikki-uch hissa ko‘proq to‘laganmiz va ustiga ustak, kimgadir energotaqsimot teng bo‘lmagan, uzilishlar bo‘lgan, kimdir yo‘lda o‘g‘irlagan, kimgadir esa umuman yetib bormagan. Axir bu samarasiz subsidiyani davlat osmondan olib bermaydi, budjetdan — siz-u bizning, xalqning soliqlaridan to‘lab beradi-ku. Ahvol shunday mantiqsiz holatga kelganki, eski tizim bo‘yicha biz chiroq va gazni qancha kam ishlatsak, davlat bizga kamroq subsidiya bergan. Kim ko‘p energiya iste’mol qilsa, uning subsidiyasi ko‘proq bo‘lgan. Xullas, dangal aytganda: kambag‘al tuyaning ustiga chiqsa ham yelkasiga quyosh tushmagan, boyga esa balo ham urmagan. Davlat uzoq yillar energosubsidiyalar to‘lash orasidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ko‘pgina imkoniyatlarni qo‘ldan boy berib kelgan.

Jurnalist Xayrulla Nuriddinov

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Viskonsin universiteti tadqiqotchisi, iqtisodchi Behzod Hoshimov ham ushbu masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Kadr: “Menimcha” ko‘rsatuvi

Agar qaysidir xonadon 1 oyda 1 million so‘mlik elektr energiya iste’mol qilsa buning 40 foizi davlat tomonidan qoplangan. Taxminan, 600 ming so‘m fuqaro to‘laydi, 400 ming so‘m davlat tomonidan. Agar qaysidir xonadon shartli ravishda 50 ming so‘mga elektr energiya yoqsa, shuning 20 ming so‘mi davlat tomonidan beriladi. 20 ming so‘m qayerda-yu, 400 ming so‘m qayerda?!  Kimdir elektr energiyani qancha ko‘p ishlatsa, shuncha ko‘p pulni davlatdan olyapti. Bilasiz, elektr energiyani ko‘proq ishlatadigan insonlar boyroq bo‘lishadi. Boshqa tovarlarga qiyoslasa, masalan, go‘sht, kiyimga nisbatan shunaqa subsidiyani tasavvur qiling, kim ko‘proq go‘sht yesa, o‘shanga davlat ko‘proq pul bersa. G‘alati chora bo‘ladi. Xuddi shunday g‘alati chora elektr energiya subsidiyalarida bor. Shuning uchun bu masaladan davlat chiqib ketishi kerak.

Lekin davlat chiqib ketishi kerak yoki narx qimmatlashishi kerak, bu islohotlarning ma’nosi emas. Islohotning ma’nosi — bor chegaralangan resurslarni maksimal ravishda samarador qilishimiz kerak. Bu degani biz ishlab chiqarishga va iste’molga to‘g‘ri rag‘batlar qilishimiz kerak. Agar narx keragidan arzon bo‘lsa, biz uning qadrini bilmaymiz. Masalan, suv narxi arzon, ko‘p iste’mol qilish yoki elektr energiya arzon, uni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish. Shuning uchun adolatli narx elektr energiyani vaqtida va keraklicha iste’mol qilishimizni ta’minlab beradi.

Energiya ishlab chiqaradigan korxonalarimizning samaradorligi ham bu islohotlar nihoyatda kerak. Ya’ni ularning menejmenti, boshqaruvchilariga to‘g‘ri rag‘batlar berishimiz kerak. Shuning uchun, o‘ylaymanki, elektr energiya islohotlari dolzarb, kerak, tez kunlarda qilinish lozim bo‘lgan islohotlar. Lekin eslab qolishingizni xohlardim — elektr energiya islohotlari degani narxlarning oshishi emas. Bu elektr energiya tarqatishda, sotishda va ishlab chiqarishda haqiqiy bozor paydo bo‘lishi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov

Xayrulla Nuriddinov, shuningdek, yana bir iqtisodchi, bloger va iqtisodiy tadqiqotchi Otabek Bakirovning energoislohotlarni kechiktirib bo‘lmasligini yozib kelishini bildirdi.

“Uning aytishicha, narxlarni erkinlashtirishda birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, xususan, pensiya va bolalari uchun nafaqa oluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va  energiya iste’mol qilishning hamma uchun ijtimoiy normasini joriy qilish mumkin va bu tabaqalashtirilgan tariflar hammaga foydali bo‘lishiga umid bildirmoqda. Vazirliklar tahliliga ko‘ra, bitta oila oyiga o‘rtacha 200 kilovatt soat elektr va 500 kub metr gaz ishlatishi mumkin. Ya’ni ‘svet’ va gazni mana shu limitning ichida ishlatsa, past narxda to‘laydi; limitdan oshsa, oshirilgan tarifda to‘lov qiladi”, — deydi jurnalist.

Otabek Bakirovning o‘zi bu haqda fikr bildirarkan, ushbu boshlangan islohotlarni o‘zi uchun juda ehtiyotkorona, ijtimoiy yo‘naltirilgan qadam deb baholaganini ta’kidladi.

Kadr: “Menimcha” ko‘rsatuvi

E’lon qilingan dastlabki ochiqlamalarga ko‘ra, “ijtimoiy norma” deb atalayotgan miqdor gaz bo‘yicha 500 kub oyiga, elektr iste’moli bo‘yicha oyiga 200 kilovatt soat e’lon qilinyapti. O‘zim uchun hisoblab ko‘rdim, “davlat menga ham subsidiya berarmikin?”, deb hisoblab ko‘rsam, men ham subsidiyalangan aholi qatlamiga kirarkanman. O‘ylaganimki, bu islohotlar natijasida, misol uchun, men tijoriy narxlarda elektr, gaz olar ekanman, deb hisoblagandim. Kecha “Hududiy elektr tarmoqlaridan” va “Hududgaz”dan SMS keldi, yilning boshidan buyon qancha elektr va gaz ishlatganim, aprelda qancha ishlatganim haqida. Hisoblab ko‘rsam elektr bo‘yicha ham, gaz bo‘yicha ham e’lon qilinayotgan ijtimoiy normalarga tushar ekanman. Aytmoqchi bo‘lganim, bu mening hisob-kitobim emas, uchta vazirlikning hisob-kitobi. 80-85 foiz iste’molchi arzon “ijtimoiy norma” deyilayotgan limitlarga tushadi. Deyarli biz energiya islohotlari bo‘yicha narxlarni o‘zgartirganimizni hech kim sezmaydi.

Lekin aytilyaptiki, energetika bozorini tashkil etish bo‘yicha ijtimoiy siyosat faqatgina “ijtimoiy norma” bilan bog‘liq bo‘lib qolmaydi. Turli ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi. Bu bir martalikmi, doimiy kompensatsiya bilan bog‘liqmi, amalga oshirilishi mumkin deyilyapti. Agarda biz qaraydigan bo‘lsak, jismoniy shaxs iste’molchilaridan to‘lovga majbur bo‘ladi, bu – katta uy-joyga, ko‘proq suv, elektr, gaz iste’mol qiladigan ega bo‘lgan aholi qatlam vakillari ko‘proq to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Feb 17:12
 
32
0
xs.uz

2023-yilda qaysi hududda eng koʻp goʻsht yetishtirilgan?

Goʻsht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.Hududlar kesimida yetishtirilgan goʻsht (tirik vaznda) hajmi:' Qoraqalpogʻiston R. ' 123,8 ming tonna;' Andijon viloyati ' 193 ming tonna;' Buxoro viloyati ' 297,8 ming tonna;' Jizzax viloyati ' 237,3 ming tonna;' Qashqadaryo viloyati ' 325,9 ming tonna;' Navoiy viloyati ' 188,3 ming tonna;' Namangan viloyati ' 175,9 ming tonna;' Samarqand viloyati ' 326,1 ming tonna;' Surxondaryo viloyati ' 214,2 ming tonna;' Sirdaryo

30 Jan 10:45
 
34
0
postda.uz

BOSHQARMA BOSHLIG‘I MATBUOT ANJUMANIDA

 Viloyat IIBda matbuot anjumani hamda boshqarma huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida o‘tgan hisobot yili davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda joriy 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha keng jamoatchilikka axborot berildi.       &nb

07 Mar 20:07
 
20
0
postda.uz

Tanlovining tuman bosqichi

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 135-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, tuman IIOFMB boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdumuxtor Malikov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mustafayeva Dilfuza va mas’ul xodimlar is

07 Mar 20:07
 
24
0
postda.uz

ISLOHOTLAR – YUQORI SAMARADORLIK GAROVI

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020-yil 7-yanvardagi qarori asosida Toshkent, Buxoro, Andijon hamda Navoiy viloyatlarida yangi qo‘shilma va harbiy qismlar tashkil etildi, ularning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy jihozlanishi yo‘lida ulkan ishlar qilindi. Qo‘shinlarning jangovar va safarbarlik shayligini tashkil etishda asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, jangovar shaylik rejalarini qayta ishlab chiqish­ga qaratild