calendar 21 May 17:31
eye 23
comments 0
comments Manba: qalampir

Erdo'g'an Shvetsiyani terrorchilarga yordam berishni to'xtatishga chaqirdi

image
image

Bugun, 21 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakatni "terrorchilik tashkilotlari"ni qo'llab-quvvatlashni to'xtatishga chaqirdi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Erdo'g'an va Andersson ikki tomonlama aloqalar va Stokgolmning NATOga aʻzo bo'lish arizasini muhokama qilgan. Turkiya rahbarining taʻkidlashicha, Anqara bugungacha NATOning "ochiq eshiklar" siyosatini doimo qo'llab-quvvatlab kelgan.

Prezident NATO g'oyasi jamoaviy xavfsizlik va alyansga aʻzo mamlakatlar xavfsizligini taʻminlash sohasidagi birdamlikka asoslanganini taʻkidlagan.

Erdo'g'an bir necha bor Stokgolmning Kurdiston ishchilar partiyasi, Suriya milliy kuchlari va Fathulloh Gulen terrorchi tashkiloti (PKK/PYD/YPG) terroristlari hamda ular bilan bog'liq soxta tuzilmalarga munosabatidan xavotir bildirganini eslatgan.

Erdo'g'an, Shvetsiyada Fathulloh Gulen (FETO) boshchiligidagi yana bir terror tashkiloti vakillarining borligiga ham eʻtibor qaratgan. Shu munosabat bilan Turkiya Prezidenti Stokgolmni terrorchilarni siyosiy, moliyaviy va mudofaa jihatdan qo'llab-qo'vvatlashdan voz kechishga chaqirgan.

"Anqara Shvetsiyadan Turkiyaning PKK terroristlari hamda ushbu qonli tashkilotning Suriya va Iroq bo'limlariga nisbatan qo'rquvini baham ko'radigan jiddiy va aniq qadamlar kutmoqda", deydi Erdo'g'an.

Shuningdek, PKK/PYD/YPG terroristlarining Suriyada boshqa bir terror tashkiloti IShID jangarilariga qarshi faol kurash olib borayotgani haqidagi iddaolar haqiqatga to'g'ri kelmasligini taʻkidlagan.

Prezident Erdo'g'an, Suriyada "Tinchlik bulog'i" operatsiyasi boshlanganidan keyin Stokgolm tomonidan Turkiya mudofaa sanoatiga qarshi joriy qilingan sanktsiyalarning bekor qilinishining ahamiyatiga ham ishora qilgan.

Prezident bu operatsiyani o'tkazish to'g'risidagi qaror Anqara tomonidan mamlakat chegaralari yaqinida haqiqiy terrorchilik tahdidi yuzaga kelganiga javoban qabul qilinganini eslatgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
26
0
qalampir.uz

Armaniston TIV rahbari Minskdagi MDH yig‘ilishiga bormaydi

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qildi. “Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan 12 aprel kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi”, degan Badalyan “Armenpress” agentligi so‘roviga javoban.  Biro

08 Mar 17:21
 
43
0
qalampir.uz

Rossiya armiyasi Xarkov viloyatini o‘qqa tutdi

Bugun, 8 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev shahriga raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov va viloyat politsiyasining Telegram-kanallarida xabar berildi. Aytilishicha, hujum oqibatida do‘konlar, mehmonxona va 13 ga yaqin avtomobil zarar ko‘rgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan. Oldinroq 7 mart kuni Rossiya harbiylari Sumi viloyatini o‘qqa tutg

11 Apr 14:01
 
25
0
xs.uz

AQSHda beparvo ota-onalar kamida 10 yilga qamaldi

Jeyms va Jennifer Krambli AQSHda noadekvat ruhiy holatda boʻlgan oʻgʻlini toʻxtatmagani uchun sud qilingan birinchi ota-ona boʻldi. Ular oʻgʻlining ruhiy salomatligi yomonlashganining aniq belgilariga eʼtibor bermagan va hatto unga maktabdagi otishmada ishlatgan yarim avtomatik toʻpponchani ham sotib olishgan.Hatto otishma kuni ham Itanning ota-onasi oʻgʻlining juda xavotirli rasmi tufayli maktabga chaqirilgan. Biroq ular ishga borishlari kerakligini aytib, suhbatni toʻxtatgan va oʻ

11 Apr 13:56
 
30
0
qalampir.uz

Germaniya Ukrainaga Marder jangovar mashinalarining yangi partiyasini yuboradi

Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni federal hukumatdan Ukrainaga yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini yetkazib berish bo‘yicha buyruq oldi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni e’lon qilingan kompaniya press-relizida so‘z boradi. Qayd etilishicha, o‘rta darajadagi ikki raqamli millionlik buyurtma mart oyida berilgan va joriy yil davomida Kiyevga qo‘shimcha piyoda jangovar mashinalar yetkazib beriladi. Rheinmetall allaqachon uch xonali miqdordagi Marder’ni to‘g‘r