calendar 21 May 15:31
eye 24
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbek-qirg'iz chegarasida dahshatli YTH yuz berdi. 9 kishi halok bo'ldi

image
image

O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasida buldozer ortilgan avtotreyler haydovchisi chegara o'tkazish punktida turgan 12 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda 9 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi maʻlum qildi.

Qayd etilishicha, bugun 21 may kuni soat 15:30 lar atrofida Qirg'iz Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani orqali O'zbekistonning So'x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklagan avtotreyler tormoz uskunasi ishdan chiqib, haydovchisi boshqaruvni yo'qotgan.

Avtotreyler Qirg'iz Respublikasi "Chechme" chegara o'tkazish punkti va O'zbekiston Respublikasi "Chashma" chegara o'tkazish punkti orqali ro'yxatdan o'tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O'zbekiston va 10 ta Qirg'iz Respublikasi) avtomobillariga urilib, ularga shikast yetkazgan. 

Yo'l-transport hodisasi oqibatida 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O'zbekiston Respublikasi, qolgan 8 nafari Qirg'iz Respublikasi fuqarosi) vafot etgan.

Jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko'rsatilishi taʻminlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
37
0
qalampir.uz

Andijonda 20 ta maktab va bog‘cha binosi buziladi

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi yaroqsiz holatda bo‘sh turgan davlat ob’ektlari buziladi. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning shu haqdagi tegishli qarori Adliya vazirligining yagona elektron tizimida e’lon qilindi. Qaror viloyat Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xatiga asosan qabul qilingan. Unga ko‘ra, 20 ta bog‘cha va maktab binosi buziladi. Hujjatda ta’lim boshqarmasi binolarni buzis

07 Mar 20:12
 
47
0
xs.uz

Issiq suv quvuri oʻrniga sovuq suv quvuri, sifatsiz qurilishlar, avariya holatidagi transformatorlar... Samarqandda “Ochiq byudjet”da yutilgan loyihalarga ajratilgan mablagʻlar talon-taroj qilindimi?

Abdulaziz Yoʻldoshev/ 'Xalq soʻzi'. Samarqand viloyatida oʻtgan, 2023-yilda 'Ochiq byudjet' axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarning ayrimlari haligacha toʻliq bajarilmagan. Bajarilganlarida ham ishning sifatsizligi va ajratilgan mablagʻlardan samarasiz foydalanish kabi holatlari aniqlandi.Xususan, 'Yuksalish' harakati Samarqand viloyati boʻlinmasi bilan birgalikda jamoatchilik vakillari ishtirokida Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 13-martdagi 83-7-

07 Mar 20:11
 
52
0
qalampir.uz

16 yashar qizni fohishalikka majburlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 16 yashar qizni fohishalikka majbur qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga "Istiqbolli avlod" NNT orqali Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan qizdan murojaat kelib tushgan. Qizning bildirishicha, u uyidagi tazyiq va yaqinlari uni tushunmasligi tufayli uydan chiqib ketgan. So‘ng bir tanishi uni

07 Mar 20:12
 
45
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimoti bilan tanishdi

Loyiha oʻz oldiga uchta asosiy vazifa qoʻygan - piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, oʻtkazish qobiliyatini oshirish va yoʻl transport hodisalari sonini kamaytirish.Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi ikkita yirik chorrahada ' Bobur va Furqat koʻchalari kesishmasida hamda Bogʻishamol va Toshkent avtomobil halqa yoʻli kesishuvida amalga oshirildi.Piyodalar uchun chorrahalarda 'xavfsizlik orolchalari' bunyod etildi, piyodalar oʻtish joyida svet