calendar 21 May 14:32
eye 21
comments 0
comments Manba: qalampir

APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi

image
image

"Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden Angliya Premyer ligasida 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda Angliya Premyer ligasining rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etish joizki, 21 yoshli Foden ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqqan ilk futbolchiga aylandi. Fil 2020/21 yilgi mavsumda ham eng yaxshi yosh futbolchi maqomini qo'lga kiritgandi.

23 yoshdan katta bo'lmagan futbolchilarga topshiriladigan ushbu sovrin uchun Fodendan tashqari Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Konor Gallaxer ("Kristal Pelas"), Tayrik Mitchell ("Kristal Pelas"), Meyson Maunt ("Chelsi"), Aaron Ramsdeyl ("Arsenal"), Deklan Rays ("Vest Xem") va Bukayo Saka ("Arsenal") kurash olib borgandi.

Maʻlumot o'rnida, Fil joriy mavsum Angliya Premyer Ligasida 27 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

 

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:53
 
35
0
qalampir.uz

Angliyada yong‘in sabab futbol o‘yini qoldirildi

Futbol bo‘yicha Angliya 2-divizionining 36-turi doirasidagi “Sautgempton” hamda “Preston Nort End” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin stadion yaqinidagi kuchli yong‘in oqibatida noma’lum kunga qoldirildi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.  Manbaga ko‘ra, 6 mart kuni tush vaqtidan keyin stadion yaqinidagi bir nechta binolar yongan va to‘rtta sanoat ob’ektiga zarar yetgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 18 ta o‘t o‘chirish mashinas

11 Apr 13:58
 
23
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik sambochilar Jahon kubogidan 10 ta medal bilan qaytdi

Shu yilning 4-5 aprel kunlari Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston sambo terma jamoasi 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot hizmati xabar berdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yagona oltin medalni -98 kg vazn toifasida Ozodbek Murotov qo‘shib qo‘ydi. Turnir davomida jamoa vakillari 5 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ol

07 Mar 20:10
 
47
0
qalampir.uz

Isroil Madrimov jang qiladigan turnirning to‘liq kardi e’lon qilindi

Ertaga, 8 mart kuni super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi jang qiladi. Dastlab mazkur jang Madrimov O‘zbekistonda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgani oqibatida bekor qilingani aytilayotgandi, biroq keyinchalik jang o‘tkazilmasligi haqida xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. 6 mart kuni jan

07 Mar 20:10
 
38
0
qalampir.uz

PSJ Mbappe klubga 150 million yevro to‘lashidan umidvor bo‘lmoqda

PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tganda bonusining bir qismini klubga to‘lashini kutmoqda. Bu haqda AS xabar berdi. Manbaga ko‘ra, bu summa 100 million yevrodan 150 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. Bu hujumchi shartnomasi yakunlanib, tekinga “Real”ga ketganidan keyin fransuz klubini yaxshi moliyaviy holatda qoldirishga yordam beradi. 25 yoshli Kilian Mbappe “Real” bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha allaqachon