calendar 21 May 12:31
eye 14
comments 0
comments Manba: qalampir

Xorazm va Navoiyda kuchli chang bo'roni o'ylarning tomini uchirib ketdi

image
image

Bugun, 21 may kuni Xorazm va Navoiy viloyatlarida kuchli chang bo'roni sodir bo'ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Urganch shahar hududida soat 10:45 da Urganch shahar Abulg'ozi Bahodirxon ko'chasidagi uyning taxminan 70 metr kvadrat maydonda tom yopma qoplamasini shamol avtoturargohga uchirib ketgan. Oqibatda Gentra rusumli avtomobilga qisman zarar yetgan. 

Shuningdek, Urganch tumani "G'alaba" MFYdagi xususiy uyning taxminan 80 metr kvadrat maydonda uyini shifer qoplamasini shamolda uchib, yerga qulab tushgan. Voqea joyida tan jarohati olganlar yo'q. 

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida kuzatilgan kuchli shamol natijasida "Do'stlik" MFYda joylashgan uyning taxminan 5 kvadrat metr, "Yo'lchilar" MFYda 2 ta xonadonning taxminan 4 kvadrat metr tom qismining shifer va tunukalarini uchirgan. 

Ushbu hodisa oqibatida aholini tan jarohati olishi bo'yicha FVV tarkibiy tuzilmalari va tibbiyot muassasalariga murojaatlar kelib tushmagan.

"Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21-23 may kunlari respublikamizda kuchli shamol va yog'ingarchiliklar yuzaga kelishi munosabati bilan aholini  kuchli shamol oqibatida xonadonlar, ijtimoiy-iqtisodiy obʻyektlarning bino va inshootlari tom qoplamalarini uchirishi, tashqi reklama konstruktsiyalari hamda daraxtlarni ag'darishi yoki sindirishga olib kelishi bilan bog'liq xavflar yuzaga kelishi, tog'li va tog'oldi hududlarida sel hamda toshqinlar bilan bog'liq baxtsiz hodisalar keltirib chiqarishi mumkinligi to'g'risida ogohlantiradi", deyiladi xabarda.

Aytish joizki, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida ham kuchli chang bo'roni ko'tarilgan.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Feb 16:30
 
35
0
xs.uz

Janubiy Koreyaning yetakchi universiteti Sirdaryoda oʻz filialini ochadi

Mehmonlar va viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev oʻrtasida oʻtkazilgan muloqotda 2023-yil dekabr oyida viloyat vakillarining mazkur nufuzli universitetda boʻlishi va uning faoliyati bilan tanishishi oʻz samarasini berganligi taʼkidlandi. Xususan, Son Je Mun Sirdaryoda universitetning filialini tashkil etish taklifini bildirdi.Guliston shahrida ochilishi moʻljallanayotgan taʼlim muassasasida dastlab IT va sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan beshta dolzarb yoʻnalishlarda oʻqit

31 Jan 12:48
 
44
0
qalampir.uz

Jiddadan Olmaotaga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli  Jidda-Olmaota yo‘nalishida uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi. "Flynas" aviakompaniyasining Jidda-Olmaota yo‘nalishida uchayotgan XY675 yo‘lovchi reysi Olmaota shahrida noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi 200 metr) tufayli Toshkent xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Samolyot Toshkentga mahalliy vaqt bilan soat 10:41 da kelib qo‘ngan. Bort yaq

12 Feb 17:12
 
30
0
xs.uz

Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brend jalb qilinib, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Yigʻilishda 25 turdagi talab eng yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhimligi taʼkidlandi. Bu boʻyicha 7 trillion soʻmlik 342 ta loyiha ishlab chiqilgan.Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brendni jalb qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.Shuningdek, Jahon bankidan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan yangi loyihalar uchun 10-yil muddatga, aylanma mablagʻ uchun 2-yilga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi.Mashhu

09 Feb 15:55
 
42
0
qalampir.uz

“Poytaxt” biznes markazida yong‘in chiqdi (video)

Bugun, 9 fevral kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar FVBga soat 11:40 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra, to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borgan va soat 11:51 da yong‘in o‘chirilgan.