calendar 21 May 08:32
eye 14
comments 0
comments Manba: qalampir

PSJ Mbappega futbol tarixidagi eng katta maoshni vaʻda qilmoqda

image
image

Frantsiyaning PSJ klubi 23 yoshli futbolchi Kilian Mbappeni jamoada olib qolish uchun kurashdan to'xtagani yo'q. PSJ jamoasi Kilianga shartnomani uzaytirish uchun 300 million yevro bonus taklif qilgan. Bu haqda "Eurosport España"  nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, yangi kelishuv shartlarida frantsiyalik futbolchiga soliqlar to'langanidan keyin yiliga 100 million yevro maosh taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, Kilian imij huquqlarining ko'p qismini tasarruf etishi mumkin bo'ladi. Agar, Mbappe ushbu taklifni qabul qilsa, futbol tarixidagi eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Qayd etish joizki, endilikda "Real Madrid" rahbariyati Mbappening transferini amalga oshirishning iloji yo'q, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, futbolchining onasi "Real Madrid" va PSJning takliflari o'rtasida katta farq yo'qligini aytgan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy yilning 30 iyun kuni uning PSJ klubi bilan shartnomasi tugaydi. Shundan so'ng, Kilian Mbappe erkin agent sifatida istalgan jamoa safiga  qo'shilishi mumkin. "Transfermarkt" portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Bu jahon futbolidagi eng qimmat narx hisoblanadi.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Feb 17:26
 
49
0
xs.uz

Parijda Dzyudo boʻyicha jahon chempionatida vakilimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi

Musobaqaning 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi bahslar gʻolibi, Ishahara Tatsuki boʻldi. Hamyurtimiz Shaxram Ahadov esa bronzani qoʻlga kiritdi. Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov sportchilarga medallarni topshirdi.

09 Feb 15:55
 
34
0
qalampir.uz

WBA Hasanboy Do‘smatovning chempionlik jangiga buyruq berdi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) minimum vazn toifasidagi jahon chempioni, tailandlik Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq berdi. Himoya jangida Niyomtrongga o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov raqiblik qiladi. Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi va muzokaralar o‘tkazishi uchun 30 kun vaqt berdi.  Ma’lumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi.

01 Feb 15:32
 
47
0
qalampir.uz

Osiyo kubogi-2023: O‘zbekistonlik futbolchi nimchorak final ramziy jamoasiga kiritildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Turg‘unboyev Osiyo kubogining nimchorak final ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Yarim himoyachining Tailandga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. 29 yoshli Turg‘unboyev Tailand bilan bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yindagi 1-golini kiritib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Qayd etish joiz, Turg‘unboyev “oq bo‘rilar”ning guruh bosqichi 3-turida Avstraliyaga qar

07 Mar 20:10
 
28
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi