calendar 20 May 23:10
eye 9
comments 0
comments Manba: daryo

“Dinamo”ning serbiyalik bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi. Bu Superligadagi 2-iste’fo

image

Samarqandning “Dinamo” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi.

Foto: “Dinamo”

Samarqandliklar matbuot xizmatining yozishicha, 20-may kuni klub qarorgohida rahbariyat hamda jamoa ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda jamoaning so‘nggi turlarda qayd etgan qoniqarsiz natijalari muhokama qilinib, jamoa bosh murabbiyi Predrag Rogan bilan xayrlashilgani ma’lum qilingan.

Serbiyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchisi Ivan Yevich bilan ham hamkorlik to‘xtatilgan. “Dinamo” va murabbiylar o‘rtasidagi shartnoma ikki tomonlama bekor qilingani qo‘shimcha qilinmoqda.

Predrag Rogan mavsum avvalida samarqandliklar boshqaruviga kelgan, tomonlar bir yillik shartnoma imzolagandi.

Shuningdek, “Dinamo” yangi bosh murabbiy nomini ham e’lon qildi. Endilikda jamoani shu paytga qadar klub sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan Andrey Shipilov boshqaradi.

Foto: “Metallurg” FK

Andrey Shipilov bungacha “Paxtakor” murabbiylar shtabida va “Metallurg” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

“Dinamo” Superliga 9-turidan keyin 6 ochko bilan so‘nggi, 14-o‘rinda bormoqda. 10-tur doirasida jamoa 23-may kuni o‘z maydonida “OKMK”ni qabul qiladi.

Avvalroq “Bunyodkor” bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov iste’foga chiqarilgandi. Toshkent klubi bunga sabab qilib so‘nggi o‘yinlarda qayd etilgan qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Feb 17:26
 
49
0
xs.uz

Parijda Dzyudo boʻyicha jahon chempionatida vakilimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi

Musobaqaning 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi bahslar gʻolibi, Ishahara Tatsuki boʻldi. Hamyurtimiz Shaxram Ahadov esa bronzani qoʻlga kiritdi. Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov sportchilarga medallarni topshirdi.

09 Feb 15:55
 
34
0
qalampir.uz

WBA Hasanboy Do‘smatovning chempionlik jangiga buyruq berdi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) minimum vazn toifasidagi jahon chempioni, tailandlik Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq berdi. Himoya jangida Niyomtrongga o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov raqiblik qiladi. Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi va muzokaralar o‘tkazishi uchun 30 kun vaqt berdi.  Ma’lumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi.

01 Feb 15:32
 
47
0
qalampir.uz

Osiyo kubogi-2023: O‘zbekistonlik futbolchi nimchorak final ramziy jamoasiga kiritildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Turg‘unboyev Osiyo kubogining nimchorak final ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Yarim himoyachining Tailandga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. 29 yoshli Turg‘unboyev Tailand bilan bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yindagi 1-golini kiritib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Qayd etish joiz, Turg‘unboyev “oq bo‘rilar”ning guruh bosqichi 3-turida Avstraliyaga qar

07 Mar 20:10
 
28
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi