calendar 20 May 22:11
eye 28
comments 0
comments Manba: daryo

Rivaldo 50, Ronaldo esa 45 yoshda. “Barselona”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega?

image

O‘tgan asrning 90-yillarda ham “Barselona” safida o‘z davrining eng yaxshi futbolchilari harakat qilgan. Ular klubga sovrinlar, muxlislarga esa quvonch keltirardi. Ularning aksariyati hozir ham futbolda qolgan, ammo boshqa rollarda. Quyida katalonlarning yaqin o‘tmishdagi yulduzlari qay darajada o‘zgargani va ularning hayotida nimalar sodir bo‘layotgani haqida hikoya qilinadi.

Andoni Subisarreta, 60 yosh

Foto: Getty Images

Subisarreta “Atletik Bilbao”dagi besh yillik faoliyatidan so‘ng “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan. Mashhur darvozabon “ko‘k-anorranglilar” safida 385 o‘yin o‘tkazgan (shulardan 159 tasi “quruq”). Subi o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha La Liga rekordchisi hisoblanadi (622). Futbolchilikni yakunlaganidan keyin u boshqaruv faoliyatini afzal ko‘rdi — “Atletik”, “Barselona” va “Marsel”da sport direktori lavozimida ishlagan. 2020-yilning bahorida fransuz klubidan iste’foga chiqqanidan beri ta’tilda.

Ronald Kuman, 59 yosh

Foto: Getty Images

Kuman “Kamp Nou”ga 1989-yilda kelgan. “Barselona” uchun 254 o‘yin o‘tkazgan niderlandiyalik himoyachi 83 ta gol urdi. Kataloniyada Kuman to‘rt karra Ispaniya chempioni, uch bor Ispaniya Superkubogi sohibi, mamlakat kubogi g‘olibi, shuningdek, Chempionlar Kubogi va UEFA Superkubogiga ega chiqqan. Kuman 2018-yildan 2020-yilgacha Niderlandiya termasini boshqardi, 2020—2021-yillarda esa “Barselona”ga ustozlik qildi. Biroq muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin u bilan hamkorlik to‘xtatildi. 2022-yilning aprel oyida Qatar—2022 dan keyin uning yana niderlandlar boshqaruviga qaytishi e’lon qilindi.

Xosep Gvardiola, 51 yosh

Foto: Getty Images

Gvardiola 1990-yildan 2001-yilgacha kataloniyaliklar safida to‘p surgan. U o‘zining qadrdon klubida futbolchilik faoliyatining katta qismini o‘tkazgan. 378 o‘yin, 11 gol, 37 golli uzatma, 16 sovrin. Gvardiolaning “Barselona”dagi o‘yinchi sifatidagi natijalari hurmatga sazovor, murabbiylikdagi yutuqlari haqida esa yaxshisi gapirmagan ma’qul. Pep 2016-yilning iyulidan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda va u yerda ham maqtanishga arzigulik natijalar qayd etmoqda.

Xose Mariya Bakero, 59 yosh

Foto: Getty Images

Bakero “Real Sosyedad”dagi sakkiz yillik faoliyatidan so‘ng “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi va yangi jamoasidagi birinchi mavsumidayoq UEFA Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritadi. Xose Mariya to‘qqiz yil davomida “Barselona”da  sardorlik darajasigacha ko‘tarildi, 339 o‘yinda 94 ta gol urdi va 14 ta sovrin, jumladan Chempionlar Ligasiga ega chiqdi. So‘nggi yillarda Bakero “Barselona” yoshlar bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Luis Enrike, 52 yosh

Foto: Getty Images

Enrike Kataloniya klubiga 1996-yilda kelib qo‘shilgan. Futbolchi “Real”da o‘ynaganiga qaramay tezda jamoaga moslashib ketgan va kataloniyalik muxlislarning sevimli o‘yinchilaridan biriga, keyinroq esa jamoa sardoriga aylangan. Enrike “ko‘k-anorranglilar” safida 300 ta o‘yin o‘tkazib, 108 ta gol urgan. U jamoa bilan Ispaniyadagi barcha musobaqalarda, shuningdek, UEFA Superkubogida g‘alaba qozongan. “Barsa”ga murabbiylik qilganida esa yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan — 9 ta sovrin. Ayni paytlar Enrike Ispaniya terma jamoasini boshqarmoqda.

Luish Figu, 49 yosh

Foto: Getty Images

Figu ispan futbolining azaliy ikki raqibi — “Barselona” va “Real”da o‘ynagan kam sonli jur’atli futbolchilardan biri. Portugaliyalik Kataloniya jamoasida 248 ta o‘yin o‘tkazib, 45 ta gol urgan va 51 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Figu Kataloniyada ikki marta La Liga va Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, bir martadan Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan. Hozirda Luish UEFA apparatida maslahatchi lavozimini egallab turibdi.

Mikael Laudrup, 56 yosh

Foto: Getty Images

Laudrup 1989-yilda “Barselona”ga o‘tgan. Daniyalik yarim himoyachi jamoadan ketgan Gari Linekerning o‘rnini egallab, hujum guruhining asosiy yetakchilaridan biriga aylangandi. Kataloniya klubidagi besh mavsumda Mikael 215 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urgan. La Ligada 4 karra chempion bo‘lgan. 2000-yilda daniyalik murabbiylik faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. 2018-yilda Qatarning “Ar-Rayyon” klubidan ketganidan keyin ishsiz yuribdi.

Rivaldo, 50 yosh

Foto: Getty Images

Besh yillik davr mobaynida Rivaldo Kataloniya jamoasi sharafini himoya qildi. Bu davr ichida uning nimalar qilganini statistik ma’lumotlar ham ko‘rsatib turibdi: 235 o‘yin, 130 gol. Braziliyalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida kuchli o‘nlikka kiradi. “Barselona” bilan birgalikda Rivaldo ikki marta Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2002-yilgi Jahon chempioni hozirda Floridada yashamoqda.

Romario, 56 yosh

Foto: Getty Images

Braziliyalik hujumchi “Barselona”da atigi ikki mavsum harakat qilgan, ammo qisqa vaqt ichida ajoyib o‘yin ko‘rsata olgan. Romario 65 ta o‘yin o‘tkazib, 39-marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Shu ikki yil davomida braziliyalik ikki karra Ispaniya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi. Hozirda Romario senator sifatida faoliyat yuritadi.

Xristo Stoichkov, 56 yosh

Foto: Getty Images

Stoichkov “Barselona”da jami yetti mavsum o‘tkazgan. Natija: 294 ta o‘yin, 114 ta gol, 14 ta sovrin va 1 ta “Oltin to‘p”. Ayni damda Xristo o‘z akademiyasiga rahbarlik qiladi, shuningdek, Ispaniya televideniyesida futbol eksperti sifatida ishlaydi.

Ronaldo, 45 yosh

Foto: Getty Images

“So‘yloq”ning “Barselona”dagi faoliyati qisqa, ammo juda yorqin o‘tgan. Ronaldo 49 ta o‘yinda qatnashib, 47 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Raqamlar shunchaki aql bovar qilmas darajada. 1996-yil natijalari bo‘yicha braziliyalik FIFA talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, 1997-yilda u klubga Ispaniya Kubogi va Kubok egalari kubogini yutishda yordam beradi. O‘sha yili Ronaldo 37 o‘yinda 34 ta gol urib, “Oltin butsi”ni ham o‘ziniki qilgan. Ronaldo uchun Ispaniyaga ikkinchi marta kelish (“Inter”dan “Real”ga) ham ancha omadli bo‘lgan: o‘sha uch xil  sovrin, jumladan, erishilmagan La Liganing oltini ham. Ikki karra “Oltin to‘p” sohibi hozirda “Valyadolid” klubi prezidenti va egasi hisoblanadi. Shuningdek, u 2021-yilda o‘zi faoliyatini boshlagan klubi “Kruzeyro”ning 90 foiz aksiyalarini sotib olgan, 2022-yilda esa uning egasiga aylandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik chavandoz Jahon kubogi finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

Shu kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon Kubogi finali boʻlib oʻtyapti.Mukofot jamgʻarmasi 2,6 million yevroga teng mazkur musobaqada oʻzbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda. Kecha boʻlib oʻtgan konkur bahslarida hamyurtimiz Nurjon Tuyakboyev 'Kvintus' laqabli oti bilan balandligi 160 sm toʻsiqlar yoʻnalishini muvaffaqiyatli bosib oʻtdi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.Endi sportchimiz 3-tartib raqam ostida Jah

07 Mar 20:10
 
46
0
qalampir.uz

Doston Ro‘ziyev Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘ldi

Ayni kunlarda Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazilmoqda. Bugun, 1 fevral kuni 19 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirokini boshladi. -60 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan O‘zbekiston vakili Doston Ro‘ziyev final bahsida jahon chempionati sovrindori, gruziyalik Georgiy Sardalashvilini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva

07 Mar 20:10
 
53
0
qalampir.uz

Hasanboy Do‘smatov chempionlik jangini Toshkentda o‘tkazadi

Professional boksning minimal vaznida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangini ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi chempionlik kamari uchun o‘tkazadi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) o‘z sahifasida ma’lum qildi. Do‘smatov-Karmona jangi 14 aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan “Humo Arena”da “IBA chempionlar oqshomi”da tashkil etiladi. Shuningdek, musobaqa doirasida boks bo‘yicha O‘zb

11 Apr 13:58
 
38
0
qalampir.uz

Verner “Tottenxem“da qolmoqchi

Londonning ”Tottenxem” klubida o‘ynayotgan Timo Verner “shporlar” tarkibida qolishni istamoqda va jamoa uni to‘liq sotib olishini kutish niyatida. Bu haqda jurnalist Fabritso Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. “Bu jamoa va jamoadoshlar bilan, hozirgi uslubda va shu stadionda o‘ynash menga juda yoqadi!”, deydi futbolchi. Qayd etish joiz, shu yil yanvar oyida “Tottenxem” safiga kelib qo‘shilgan 28 yoshli germaniyalik huj