calendar 20 May 18:52
eye 25
comments 0
comments Manba: zarnews

Otamni tirik ko'rganday bo'ldim

image

"Zarafshon" gazetasi tahririyatidan qo'l telefonimga qo'ng'iroq qilib, "Xotira tadbiri o'tkazyapmiz, tahririyatning yarim xodimlari dadangizning shogirdlari, keling", deyishganda, ochig'i, odatdagidek oddiy tadbir bo'lsa kerak, deb o'ylagandim.

"Nikoh uyi"da ishlayman, o'z-o'zidan vaqtim juda kam bo'ladi. Borsammi yo bormasammi, degan ikkilanish o'tdi xayolimdan. Ammo qo'ng'iroq qilgan muxbirning "...dadangizning shogirdlari" degan gapi qulog'imda jaranglab turgani bois ishimni tez yakunladim-da tahririyatga shoshildim. Ammo ishga birrov borganim o'z taʻsirini ko'rsatdi: biroz kechikib tadbirga keldim.

 Gazeta bosh muharriri Farmon Toshev "Zarafshon" chop etila boshlaganidan buyon o'tgan 109 yil davomida ushbu nashrga muharrirlik qilgan insonlarni birma-bir sanab o'tdi, ularning fidoyiligi, jasorati haqida to'lqinlanib gapirdi. Ular orasida otam – Xolmuhammad Nurullayev ham borligidan quvonib ketdim. Otam 1997-1998 yillarda "Zarafshon"da bosh muharrir bo'lib ishlaganlar. Afsuski, 2006 yilda bevaqt vafot etganlar.

Ko'z oldimga yoshligimda otam bilan kechgan xotiralar, aytgan gaplari keldi. O'shanda, adashmasam, 2005 yilda, otam Urgut tumani hokimi edi: "Zarafshon"da kechgan yillarim qadri vaqt o'tgan sari men uchun oshib boryapti, - degandi. - Zero, oppoq qog'ozu boshi chaynalgan qalam bilan bu hayotdan ko'p narsa topdim. Toza do'stlar, chala mehr og'aynilar, Samarqand pastu balandlarini anglash... mayli bular ham kerak. Lekin eng muhimi, bu tabarruk dargoh menga dunyoga uyg'oq va hushyor, gul deb tikanning ustiga oyoq bosmaslik nazari bilan qarashdan saboq berdi. Hayotimda "Saboq - xulosa - hosila" zanjirini yaratdi. Men bugun "Zarafshon" dargohidan bir qadam berida kechgan 11 yillik umr - ish - hayot yo'limdan nolimayman, aslo, beadad shukr. Zero, bu katta yo'l ostonasi ham "Zarafshon"da qo'yilganidan minnatdorman. 15 oy bu tabarruk gazetasi bosh muharrirligi nasib etgani nur ustiga o'zimga yarasha taxallusim monand Nur bo'ldi, deb o'ylayman". 

Tadbirning yakuniy qismida men uchun yana bir hayajonli holat bo'ldi. Esdalik sifatida tadbir ishtirokchilariga surat tushirilgan tovoq va tahririyat hisobidan chop etilgan kitoblar taqdim etib boshlashdi. Menga taqdim etilgan tovoqqa nazar tashlar ekanman, unda otamning o'shanda menga aytgan gapidagi holati muhrlangan surati aks etganini ko'rib, yuragim hapqirib ketdi.

Tadbir tashkilotchilariga qanday minnatdorlik bildirishimni, nima deb quvonchimni izhor etishni bilmadim. Hokim yoki amaldor (otam viloyat hokimligida ham yuqori lavozimlarda ishlagan)ning emas, men jurnalistning qizi ekanimdan baxtiyorman, deb atrofga jar solguday hayajon bilan tabarruk dargohdan chiqdim.

Ortga qarasam, ish-ish, deb otam ishlagan tahririyatga anchadan buyon kelmabman. "Otangning ruhini shod qilay, desang, ularning do'stlarini ziyorat qil", deyiladi muqaddas kitoblarda. Otamning pok xotirasini yod etgan, hali-hanuz ustoz, deya alqayotgan tahririyat xodimlarini men ham qadrlayman, endi otamning izlari qolgan qutlug' dargohga tez-tez kelaman. Tahririyat tashkil qilgan matbuot muzeyiga otamning jurnalistlik faoliyati bilan bog'liq ashyolarni ham olib kelishni dilimga tugib qo'ydim.

Shohista Nurullayeva.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
18
0
xs.uz

«Yoshlar ovozi» tanlovining gʻoliblari Boʻzatov festivalida qatnashadi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Аyni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida isteʼdodli yigit-qizlarni aniqlashga qaratilgan 'Yoshlar ovozi' tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 16-fevraldagi majlisi bayoniga koʻra, yangi avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida 15-30-aprel kunlari yurtimiz boʻylab 'Besh tashabbus olimpiadasi' doirasida 'Yoshlar ovozi' tanlovi oʻtkazilyapti. Tanlovda ishtirokchilar maqom, baxshichilik, anʼ

11 Apr 13:55
 
20
0
postda.uz

Iskandarning bo‘sh ketgan qo‘li

Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv uning hukmiga o‘tib, xo‘lu quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi.Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi. Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul bo‘lish bilan ular faxrlandilar.U ham shoh edi, ham valiy.

07 Mar 20:07
 
28
0
postda.uz

MILLAT TAQDIRIGA BAG‘ISНLANGAN ASAR

Bugun IIV markaziy apparati xodimlari madaniy hordiq chiqarish hamda ma'naviyati va ma'rifiy bilimlarini boyitish maqsadida poytaxtimizda joylashgan Abror Hidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama teatriga borishdi.Xalqimiz iborasi bilan aytganda, mazkur ibratxonada osoyishtaligimiz posbonlari uchun teatr ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl' namoyish etildi.Jadid bobolarimiz hayotidan hikoya qiluvchi “Turkiston bolalari” nomli sahna asari zamirida yotgan o‘sha davrdagi ijtim

07 Mar 20:09
 
24
0
qalampir.uz

Yulduz Rajabova va Burak O‘zchivit bitta serialda rol o‘ynadi

“Boyvachcha kuyov”, “Mendirman Jaloliddin”, “Oyqiz” kabi ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova turkiyalik mashhur aktyor Burak O‘zchivit bilan bitta serialda suratga tushdi. Buni Burakning Instagram'dagi sahifasiga joylangan anonsda ham ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, Yulduz Rajabova turkiyalik rejissyor Mehmet Bozdag‘ rejissyorligida suratga olingan "Hukmdor Usmon" tarixiy serialining yangi