calendar 19 May 04:11
eye 14
comments 0
comments Manba: daryo

Internetda iPhone 14 Pro Max’ning maketi paydo bo‘ldi (video)

image

iPhone 14 lineykasi hali taqdim etilmagan bo‘lsa-da, Apple ishqibozlari yangi qurilmadan hozirdanoq hayratga tushishni boshladi. YouTube’dagi Unbox Therapy niki ostidagi bloger o‘zining kanalida Yaponiyada yasalgan iPhone 14 Pro Max maketini namoyish etdi.

Skrinshot: YouTube

Bir qarashda maket juda iPhone 13 Pro Max’ga o‘xshab ketadi. Yaxshilab e’tibor bilan qaralsagina, ikki avlod o‘rtasidagi farqni anglash mumkin.

Video muallifining ta’kidlashicha, yangi model biroz qalinroq ishlangan. Kameralar bloki esa sezilarli darajada bo‘rtib chiqqan, qurilmaning o‘zi esa biroz og‘ir. O‘chirib-yoqish va ovoz balandligini boshqarish tugmasi o‘zidan oldingi avlodnikidan kattaroq. Displey chetlari ingichka ko‘rinishda. Maketning yon chetlaridagi antenna chiziqlari ko‘zga tashlanmaydi.

“Monoqosh”dan zerikkanlar uchun ajoyib yangilik. Odatdagi qirqimdan voz kechilgan: uning o‘rniga model “hapdori + dirokol” ko‘rinishidagi qirqimga ega bo‘ladi.

USB-C razyomini esa yana kutishga to‘g‘ri keladi. Maketdan ko‘rish mumkinki, iPhone 14 lineykasi ham Lightning porti bilan jihozlanadi.

Avvalroq iPhone 14 lineykasidan o‘rin oladigan smartfonlarning taxminiy narxlari e’lon qilingani, Plus modellari qaytishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 11:17
 
45
0
qalampir.uz

Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi.  Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023

07 Mar 20:08
 
13
0
qalampir.uz

Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi. Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan. Long

07 Mar 20:08
 
16
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

05 Feb 11:28
 
36
0
qalampir.uz

Yaponiya Oyni zabt etgan beshinchi davlatga aylandi

Yaponiya  uchirgan kosmik kema Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning SLIM (Smart Lander for Investigating Moon) kosmik kemasi Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq hozirda muhandislar uning akkumulyatorining quvvati butunlay tugab qolishidan qo‘rqmoqda. Chunki qurilmaning quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Agar batareyalar tugasa, SLIM bilan aloqa uzilishi mumkin. Yaponiya kosmik agentligi v