calendar 14 May 14:10
eye 20
comments 0
comments Manba: daryo

Somon yo‘li galaktikasi markazidagi qora tuynuk tasviri birinchi marta e’lon qilindi

image

Event Horizon Telescope (EHT) xalqaro astronomlar va olimlar jamoasi Sagittarius A* (Qavs A*) — Yer sayyorasi joylashgan Somon Yo‘li galaktikasi markazidagi o‘ta katta qora tuynuk tasvirini birinchi marta e’lon qildi, deb yozadi “RBK” EHT saytidagi bayonotga tayanib.

Foto: EHT Collaboration

Ta’kidlanishicha, odamlar bu tasvirda qora tuynukning o‘zini ko‘ra olmaydi, chunki u mutlaqo qop-qora, uning atrofidagi nur sochuvchi gaz esa o‘ziga xos alomatni hosil qiladi, ya’ni yorqin halqasimon tuzilma bilan o‘ralgan, “soya” deb ataluvchi qorong‘i markaziy sohani ko‘rish mumkin bo‘ladi.

“Biz halqaning kattaligi Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi taxminlari bilan qanchalik mos ekanidan hayratda qoldik. Ushbu misli ko‘rilmagan kuzatuvlar bizning o‘z galaktikamiz markazida sodir bo‘luvchi jarayonlar haqidagi tushunchalarimizni ahamiyatli darajada oshirdi”, — dedi olim Jeffri Bauer.

Zamon va makonning tortishish kuchi juda kattaligidan u yerni hatto yorug‘lik ham tark eta olmaydigan sohalari qora tuynuklar deb ataladi.

Sagittarius A* Yerdan taxminan 27 ming yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Qora tuynuk diametri Quyosh diametridan 17 martacha kattaroq hamda undan to‘rt million marta og‘irroqdir.

Qora tuynukni tasvirga olish ishlari 2017-yil aprelida 10 kun davomida sakkiz xil teleskop yordamida amalga oshirilgan. Keyingi besh yil mobaynida olimlar milliardlab gigabayt hajmda to‘plangan ma’lumotlar ustida ishlab, tuynuk soyasinining o‘zini turli xil shovqinlardan ajratib olish bilan shug‘ullangan.

Hosil bo‘lgan tasvir (uni fotosurat deb atab bo‘lmaydi, chunki u spektrning ko‘rinadigan emas, millimetrli diapazonida olingan) boshqa bir qora tuynuk — M87 ga juda o‘xshash. 2019-yilda e’lon qilingan M87 tasviri astronomiyada qora tuynuk soyasining birinchi bevosita kuzatuviga aylangandi, ammo joriy tasvirni olish jarayoni ancha murakkab bo‘lib chiqdi. Birinchidan, bizning galaktikamizdagi o‘ta katta massali qora tuynuk taxminan ming marta yengilroq bo‘lish bilan birga, o‘rab turgan moddalarni ham kamroq yutadi va shu sababli ancha xiradir (qora tuynukning o‘zi yorug‘lik chiqarmaydi, ammo unga kelib tushayotgan qaynoq modda juda yorqin nur sochishi mumkin; ular qanchalik ko‘p bo‘lsa, tasvir ham shunchalik yorug‘ bo‘lib chiqadi). Ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini qiyinlashtirgan yana bir narsa shuki, obyektning o‘zi galaktika markazida joylashgan, tasvirga olish esa galaktika tekisligi bo‘ylab, Yerdan olib borildi.

O‘ta katta massali qora tuynuklar ko‘plab (ehtimol, barcha) galaktikalar markazida bor, ammo, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ular galaktik yulduzlarga juda kichik gravitatsiya ta’sirini o‘tkazadi — asosiy, “galaktikani biriktirib turuvchi” massa qorong‘i materiya tomonidan ta’minlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
20
0
qalampir.uz

Ispaniyada Telegram'dan foydalanish taqiqlandi

Kecha, 23 mart kuni Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Shunday qilib, Ispaniya Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda. Qayd etilishicha, sud bir nechta media

11 Apr 13:57
 
32
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

11 Apr 13:57
 
17
0
qalampir.uz

Sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solmoqda

Sun’iy intellekt odamzodning yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gladstone AI tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha hisobotda so‘z boradi.  Qayd etilishicha, 2022 yil noyabr oyida boshlangan tadqiqotda hukumat amaldorlari, ekspertlar va OpenAI, Google DeepMind, Anthropic va Meta kabi  yetakchi sun’iy intellekt laboratoriyalari xodimlari bilan 200 dan ortiq tajribalar o‘tkazilgan. Tadqiqot sun’iy intellekt xavfsizligi bo

11 Apr 13:57
 
24
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko