calendar 11 May 09:10
eye 30
comments 0
comments Manba: daryo

Afsonaviy Boston Dynamics robot-iti yangi opsiyalarga ega bo‘ldi (video)

image

Spot robotini o‘lchami, to‘rtta “panjaga” tayanib yurish uslubi va o‘ziga xos cheklovlari — dunyoni to‘liq ranglarda ko‘ra olmasligi sabab itga o‘xshatishadi. So‘nggi fakt o‘zgarishga uchradi va endilikda robot-it dunyoni rangli ko‘rishni boshladi, deb xabar beradi Gismodo.

Foto: Boston Dynamics

Boston Dynamics kompaniyasi Spot’ga beshta stereokamerani o‘rnatdi — ular robot tanasining turli qismlarida joylashgan va atrof-muhitni 3D formatda ko‘rsatishga xizmat qiladi. Endilikda ular to‘laqonli tasvirni hosil qiladi, shuningdek, chuqurlik va aniqlik bo‘yicha to‘liq yaxshilangan ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ishlab chiqaruvchining hisoblashicha, ushbu o‘zgarish Spot avtonomligining biroz oshirilishiga va masofadan turib boshqaruvchi operatorlarga dunyoni Spot’ning ko‘zlari bilan rangli ko‘rish imkoniyatini beradi.

Robot-itning ko‘zi o‘zgarishi bilan birga, unga Spot CORE I/O yuqori samaradorlikka ega foydali kompyuter yuklamasi hisobiga 5G aloqa tarmog‘i o‘rnatilgan. U mexanik itga NVIDIA Jetson Xavier NX modulidan foydalanish orqali, turli obyektlarni uzluksiz kuzatish va ularga bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. Bularning barchasi Spot’ga sanoat maydonchalarida xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlagan holda ishlashiga xizmat qiladi.

Foto: Boston Dynamics

Ma’lumot uchun, robototexnikaga ixtisoslashgan Boston Dynamics kompaniyasiga Mark Raybert va Massachusets texnologiyalar institutining bir guruh muhandislari tomonidan 1992-yilda asos solingan. 2013-yil oxirida kompaniyani Google sotib olgan, 2017-yilda esa Yaponiyaning yirik investori — SoftBank. 2020-yilda Boston Dynamics sakkizta robotlar modelini taqdim etdi, xususan, antromorf Atlas robotini ham.

Bundan oldin Boston Dynamics’ning robot-iti 74,5 ming dollardan sotuvga chiqqani, u Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshlagani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
35
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

11 Apr 13:57
 
31
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
25
0
qalampir.uz

Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi

Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini boshladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. “To‘rt kun avval Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi”, deydi u. Durovning qayd etishicha, mutaxassislar ushbu faoliyatni bostirish uchun texnik va tashkiliy choralarni qo‘llagan. Messenjer asoschisi bu tufayli teraktlarga chaqiruvchi xabarlar

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu