calendar 10 May 16:31
eye 15
comments 0
comments Manba: qalampir

SpaceX kompaniyasiga O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochish taklif qilindi  

image
image

Bugun, 10 may kuni SpaceX kompaniyasiga O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochish taklifi berildi. Ushbu taklif "Space Teчnology Conference STC-2022" xalqaro konferentsiyasi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mak Vilyams bilan uchrashuvda berilgan. 

Qayd etilishicha, SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mak Vilyams O'zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirgan. 

O'z navbatida, AKT vazirligi tomonidan o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida kompaniya vakiliga O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochish bo'yicha takliflar berilgan. 

Shuningdek, SpaceX vakili O'zbekkosmos agentligi bosh direktori Shuhrat Kodirov bilan ham hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. 

Xususan, SpaceX tomonidan sunʻiy yo'ldosh orqali yuqori tezlikdagi keng polosali Internetga ulanish uchun amalga oshirilayotgan Starlink loyihasini O'zbekiston bozoriga kirishi muhokama qilingan. 

Muloqot yakunida tomonlar kelgusida o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga va hamkorlik qilishga tayyor ekanini taʻkidladi, deyiladi agentlik xabarida, biroq qaysi masalada hamkorlik yo'lga qo'yilishiga aniqlik kiritilmagan.

Maʻlumot uchun, Starlink — bu dunyoning istalgan nuqtasida internetga keng polosali ulanishni taʻminlash uchun mo'ljallangan keyingi avlod sunʻiy yo'ldosh tarmog'i. SpaceX loyihani 2018 yilning fevral oyida ishga tushirgan. Sunʻiy yo'ldoshlarning yangi partiyalarini uchirish muntazam ravishda amalga oshiriladi, oxirgisi joriy yil 21 aprelda bo'lib o'tgan. 

Mavjud hisob-kitoblarga ko'ra, hozirda orbitada 2,1 mingdan ortiq Starlink sunʻiy yo'ldoshlari ishlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 11:17
 
45
0
qalampir.uz

Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi.  Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023

07 Mar 20:08
 
13
0
qalampir.uz

Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi. Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan. Long

05 Feb 11:28
 
37
0
qalampir.uz

Yaponiya Oyni zabt etgan beshinchi davlatga aylandi

Yaponiya  uchirgan kosmik kema Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning SLIM (Smart Lander for Investigating Moon) kosmik kemasi Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq hozirda muhandislar uning akkumulyatorining quvvati butunlay tugab qolishidan qo‘rqmoqda. Chunki qurilmaning quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Agar batareyalar tugasa, SLIM bilan aloqa uzilishi mumkin. Yaponiya kosmik agentligi v

07 Mar 20:08
 
16
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-