calendar 15 Mar 03:41
eye 15
comments 0
comments Manba: sof

Moskvada niqob taqish bekor qilindi

image

Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda niqob taqish rejimi bekor qilinishini bildirdi.

Uning fikricha, «epidemiologik vaziyat yaxshilangani sababli» ana shunday qarorga kelingan.

Bundan tashqari, Rossiya poytaxtida korxona va tashkilotlarda xodimlarning haroratini o'lchash, ish joylarini ajratish kabi majburiy antikovid choralari ham bekor qilinadi.

«Hozirgi sharoitda mazkur qaror jiddiy sanktsiyaviy bosimni boshdan kechirayotgan biznesni qo'llab-quvvatlaydi», - dedi Sobyanin.

Moskvada majburiy niqob taqish rejimi 2020 yil bahorda joriy etilgandi.

O'tgan sutkada shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog'liq 957ta holat qayd etilgan, 44 nafar bemor vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
12
0
xs.uz

Xitoyda toshqinlar tufayli 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Yomgʻir Shaoguan, Guanchjou, Xeyuan, Chjaoqin, Tsinyuan, Meychjou va Xuychjou hududlariga taʼsir koʻrsatgan. Suv toshqinlari uylarga zarar yetkazgan, yoʻllarning yopilishi hamda koʻchkilarga sabab boʻlgan.Viloyat boʻylab 53 741 kishi evakuatsiya qilingan. Shundan 12 256 kishi tezlashtirilgan tartibda evakuatsiya qilinib, xavfsiz joylarga joylashtirilgan.11 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekanligi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

09 Mar 00:38
 
52
0
xs.uz

Ukraina kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun Gʻarbdan yordam soʻramoqda

Ukraina hukumati kiberxavfsizlik va kiberbardoshlikni taʼminlash uchun xalqaro yordamni jalb qilish boʻyicha idoralararo guruh tuzdi. Bu haqda Ukraina Vazirlar Mahkamasining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk maʼlum qildi.'Davlatning kiberxavfsizligi va kiberbardoshligini taʼminlash uchun xalqaro yordamni jalb qilish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzildi', ' deydi Melnichuk.Uning soʻzlariga koʻra, shu maqsadda mazkur masala boʻyicha idoralararo ishchi guruh va uning tark

07 Mar 20:08
 
36
0
qalampir.uz

AQSH husiylarning Yamandagi dronlariga zarba berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi. Qo‘mondonlikning bildirishicha, dronlar mintaqadagi savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga bevosita xavf tug‘diradi. Tafsilotlari oshkor etilmagan hujum kecha, 6 mart kuni kechqurun tashkillashtirilgan. "Ushbu harakatlar navigatsiya erkinligini himoya qilish va AQSH dengiz floti va savdo kemalari uchun xalqaro

23 Apr 03:36
 
5
0
xs.uz

Ukraina TIV Yevropani boʻshashmaslikka chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi siyosatchilariga AQSH Kongressi Vakillar palatasining Kiyevga yordam ajratish toʻgʻrisidagi qarori tufayli boʻshashmaslik kerakligini aytdi.Shu yilning 20-aprel kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi koʻpchilik ovoz bilan Ukrainaga salkam 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.'Biz hammamiz AQSH Kongressi Vakillar palatasining qarorini olqishlaymizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Lekin