calendar 01 Mar 08:20
eye 22
comments 0
comments Manba: xs

Yana 258 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Ukrainadan mamlakatimizga qaytarildi

image

Foto: UzDaily.uz

Ukrainadan Polshaga evakuatsiya qilingan yana 258 nafar Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatimizga olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi.

Polshaning Katovitse shahridan hamyurtlarimizni olib kelgan ikkinchi maxsus samolyot 1-mart kuni soat 9:15 da poytaxt Toshkentga kelib qoʻndi.

Ayni paytgacha Ukrainadan jami 509 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Eslatib oʻtamiz, kecha 251 kishi birinchi reys bilan mamlakatimizga yetib kelgan edi.
Hozir “Karchova” nazorat-oʻtish punktidagi toʻplanish joyida boʻlib turgan 650 dan ziyod fuqaromiz uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Ularni olib kelish uchun yana qator evakuatsion reyslar tashkil etish koʻzda tutilmoqda.

Polshadagi elchixonamiz xodimlari yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli masalalarni hal qilishmoqda, fuqarolarning aeroportda boʻlib turishlarini muvofiqlashtirmoqda.
Elchixonada uzluksiz ishlaydigan tezkor shtab tashkil etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:12
 
47
0
xs.uz

Issiq suv quvuri oʻrniga sovuq suv quvuri, sifatsiz qurilishlar, avariya holatidagi transformatorlar... Samarqandda “Ochiq byudjet”da yutilgan loyihalarga ajratilgan mablagʻlar talon-taroj qilindimi?

Abdulaziz Yoʻldoshev/ 'Xalq soʻzi'. Samarqand viloyatida oʻtgan, 2023-yilda 'Ochiq byudjet' axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarning ayrimlari haligacha toʻliq bajarilmagan. Bajarilganlarida ham ishning sifatsizligi va ajratilgan mablagʻlardan samarasiz foydalanish kabi holatlari aniqlandi.Xususan, 'Yuksalish' harakati Samarqand viloyati boʻlinmasi bilan birgalikda jamoatchilik vakillari ishtirokida Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 13-martdagi 83-7-

07 Mar 20:11
 
52
0
qalampir.uz

16 yashar qizni fohishalikka majburlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 16 yashar qizni fohishalikka majbur qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga "Istiqbolli avlod" NNT orqali Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan qizdan murojaat kelib tushgan. Qizning bildirishicha, u uyidagi tazyiq va yaqinlari uni tushunmasligi tufayli uydan chiqib ketgan. So‘ng bir tanishi uni

07 Mar 20:12
 
45
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimoti bilan tanishdi

Loyiha oʻz oldiga uchta asosiy vazifa qoʻygan - piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, oʻtkazish qobiliyatini oshirish va yoʻl transport hodisalari sonini kamaytirish.Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi ikkita yirik chorrahada ' Bobur va Furqat koʻchalari kesishmasida hamda Bogʻishamol va Toshkent avtomobil halqa yoʻli kesishuvida amalga oshirildi.Piyodalar uchun chorrahalarda 'xavfsizlik orolchalari' bunyod etildi, piyodalar oʻtish joyida svet

11 Apr 14:01
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalar yanada mustahkamlanadi

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Gruziya Parlamenti Raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Muloqot chogʻida delegatsiya aʼzolariga 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, uning doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini roʻyobga chiqarish borasidagi saʼy-harakatlar hamda Qon