calendar 26 Feb 20:10
eye 28
comments 0
comments Manba: daryo

Zelenskiy Aliyev va Erdo‘g‘on Putin bilan muzokaralar bo‘yicha takliflar bilan chiqishganini ma’lum qildi

image

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on unga Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan vaziyatni tartibga solish yuzasidan muzokaralar tashkillashtirib berishni taklif qilishgani haqida gapirdi. Zelenskiy bu haqda o‘z Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 26-fevral kuni u bir qator davlatlarning rahbarlari, xususan, Aliyev va Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashgan.

“Aliyev ham Erdo‘g‘on ham Rossiya bilan muzokaralar tashkillashtirishni taklif qilishdi va men ularning ushbu tashabbusini ma’qullayman”, — degan Zelenskiy.

Zelenskiyning aytishicha, Ozarbayjon prezidenti bilan suhbatda Ilhom Haydarovich Aliyevni Ukrainaning mehribon do‘sti ekanini ta’kidlab, unga mamlakatda neft va neft mahsulotlari tanqisligi kuzatilayotgani haqida gapirib bergan.

“Do‘stimiz Erdo‘g‘onga ham Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman”, — deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

24-fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish” uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24-fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma obyektlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.

24-fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagan, xususan “Aeroflot” kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgani va u yerda harbiy operatsiyalarni boshlagani uchun mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilgan. Shuningdek, Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumi uchun mas’uliyat Vladimir Putinning zimmasida ekani, Rossiya ushbu harbiy operatsiya uchun jiddiy zarbalar qabul qilib olishi haqida gapirgan.

Keyinchalik 25-fevralda AQSh Putin, Lavrov va Shoyguga qarshi sanksiyalar e’lon qildi, shuningdek 26-fevralda Oq uyning Zelenskiyga Kiyevni tark etishida yordam berishga tayyorligi xabar qilindi. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa Ukrainadagi urushning uzoq davom etishini taxmin qilgan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
38
0
xs.uz

Yaponiyada changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ikki kishi halok boʻlgan

Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolidagi Yotey togʻida chet elliklar ekanligi taxmin qilinayotgan changʻichilar guruhini qor koʻchkisi bosib qoldi. Ulardan ikki nafari halok boʻldi.'Kiodo' agentligining qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berishicha, hodisa 11-mart kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:00 da sodir boʻlgan. Falokat olti nafar changʻichidan iborat guruh yovvoyi qiyalikdan tushayotgan vaqtda yuz bergan.Guruhning uch nafar aʼzosi qor koʻchkisi ostida qolib ketgan. Ular mu

31 Jan 18:41
 
36
0
qalampir.uz

Rimda ozarbayjonliklar norozilik namoyishi o‘tkazdi (foto)

Italiya poytaxti Rim markazidagi Piazza dei Santi Apostoli  maydonida ozarbayjonliklar arman terroriga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “CBC” nashri ma’lum qildi. Italiya politsiyasi nazorati ostida bo‘lib o‘tgan aksiya Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududlarida sodir etilgan mina va ekologik terrorizm haqida jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat bo‘lgan.  Aksiya tashkilotchilari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yil davomida Ozarbay

07 Mar 21:37
 
21
0
qalampir.uz

Kim Chen In harbiy mashqlarni kuchaytirishni buyurdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining asosiy bazasiga bordi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi. U o‘quv binolarini ko‘zdan kechirgan va harbiy qismlarning amaliy mashg‘ulotlariga rahbarlik qilgan. Xabarda aytilishicha, tashrif davomida Shimoliy Koreya yetakchisi harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar intensivligini oshirishni buyurgan. Tashrif AQSH va Janubiy Koreya o‘rtasida 4 m

01 Feb 18:53
 
50
0
qalampir.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yana 50 milliard yevro ajratdi

Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari Ukrainaga kelasi to‘rt yil uchun 50 milliard yevro miqdorida uzoq muddatli byudjet yordami ajratishni ma’qulladi. Bu Ukraina uchun byudjet mablag‘larining 2023 yil darajasiga nisbatan 1,5 barobar qisqarishini anglatadi. Dastur ma’qullangani haqida Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel X ijtimoiy tarmog‘ida Yevropa Ittifoqining favqulodda sammiti boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib ma’lum qildi.