calendar 26 Feb 17:31
eye 14
comments 0
comments Manba: qalampir

Ukrainadagi o'zbekistonliklarning ilk guruhini evakuatsiya qilish boshlandi – TIV

image
image

Bugun, 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da Ukrainadagi O'zbekiston fuqarolarining dastlabki guruhi Lvov shahridan Polshaga evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili maʻlum qildi.

"O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi xabariga ko'ra, Toshkent vaqti bilan soat 20:30da 90 dan ziyod O'zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan "Krakovets" nazorat-o'tkazish punkti yo'nalishi bo'ylab yo'lga chiqdi", deyiladi rasmiy axborotda.

Chegarani kesib o'tish O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.

Avvalroq TIV O'zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi ushbu mamlakatdagi fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun harakat qilayotgani xabar berilgandi. Ammo harbiy harakatlar sabab Ukrainaning markaziy va sharqiy viloyatlaridagi vatandoshlarni evakuatsiya qilish imkonsiz bo'lib turgani aytilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Feb 17:32
 
36
0
qalampir.uz

Ukraina droni Volgagraddagi neft zavodiga zarba berdi

Rossiyadagi Volgograd neftni qayta ishlash zavodiga uchuvchisiz samolyot hujum qildi va u urib tushirildi. Dron qulashi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov ma’lum qildi. “Volgograd onlayn” nashriga  ko‘ra, yong‘in  Krasnoarmeyskiy tumanidagi “Lukoyl-Volgogradneftepererabotka” zavodi hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in maydoni 300 kvadrat metrga yetgan. Yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida qurb

05 Feb 11:28
 
47
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda elektron sigaretlarga taqiq qo‘yilmoqchi

Qirg‘iziston Jogorku Kenesh (parlament) deputati Shairbek Tashiyev Qirg‘izistonda elektron sigaret chekishni taqiqlash tarafdori ekanini aytdi. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.  O‘zgartirishlar maxsus to‘ldiruvchi suyuqlik solingan bakiga ega bo‘lgan elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi.  Jumladan, elektron sigaretlardan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslarga belgilangan hisoblash miqdorin

07 Feb 18:53
 
51
0
qalampir.uz

Zelenskiy endi Germaniyaga bormoqchi 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga boradi. Bu haqda “Der Tagesspiegel” gazetasi ma’lum qildi.  “Keyingi hafta oxirida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri ikkinchi rasmiy tashrifi bilan Germaniyaga boradi", deb yozadi nashr.  Unga ko‘ra, Zelenskiy joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ham ishtirok etish niyatida.  Qayd etilishicha, tashrif dasturi

07 Feb 15:40
 
49
0
qalampir.uz

Ozarbayjonda prezident saylovi boshlandi (video) 

Bugun, 7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi start oldi. Ozarbayjon Respublikasining amaldagi Prezidenti Ilhom Aliyev, vitse-prezident Mehribon Aliyeva va ularning oila a’zolari Qorabog‘ning Xonkendi shahridagi 122-sonli saylov okrugining 14-saylov uchastkasida ovoz berdi.  Qayd etilishicha, 7 nafar nomzod (Ilhom Aliyev, Elshod Musayev, Fozil Mustafo, Fuad Aliyev, Qudrat Husanquliyev, Rozi Nurillayev, Zohid O‘ruj) bellashayotgan hokimyat uchun saylov jav