calendar 25 Feb 19:10
eye 14
comments 0
comments Manba: daryo

Andijon va Xorazm viloyatlarida fuqarolarni o‘qishga kiritish uchun jami 3 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

image

Andijon viloyatining Xonobod va Xorazm viloyatining Xiva tumanlarida fuqarolarni noqonuniy tarzda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro U.M. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar O. va N.ning ishonchiga kirib, ularni 7 ming dollar evaziga Qirg‘iziston O‘sh davlat universitetiga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U oldindan 2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Shuningdek, departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham shunga o‘xshash holat aniqlangan. Fuqarolar M.A. va B.S. oldindan til biriktirib, fuqaro G.ni Qozog‘istondagi oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali o‘qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko‘chirib berish evaziga 1000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
22
0
postda.uz

PSIXOLOGIK TRENINGLAR, SAF MASHG‘ULOTLARI, SPORT O‘YINLARI

O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7532-harbiy qismning 2-batalyonida Navoiy viloyatida yashovchi 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar bilan “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.Unda viloyat IIB HPB, Probasiya bo‘limi, MMI va KBTX psixologlari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hududiy bo‘limi mas'ul xodimlari ishtir

07 Mar 20:07
 
43
0
postda.uz

HARBIY QISMGA SAYOHAT

Pop tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi 6817 nafar yosh Ichki ishlar organi masʼul rahbarlariga biriktirilgan bo‘lib, ular bilan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Pop tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Muzaffar Nu'manov 7-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan harbiy qismga sayohat uyushtirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, ularni har tomonlama rivojlantirish, qatʼi

14 Mar 07:23
 
32
0
xs.uz

Toshkentda ijara narxlarining pasayishi sekinlashdi

Fevral oyida Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozori faollikning oʻsishi bilan ajralib turdi, uning asosiy omili iqtisodiy faoliyatning kengayishi boʻldi.Koʻrib chiqilayotgan davrda koʻchmas mulkni sotib olish va sotish boʻyicha 22,2 mingta shartnoma tuzilgan. Oʻtgan oyga nisbatan bu koʻrsatkich 2%ga oshgan.Hududiy reyting yetakchilariYil boshida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayishi fevral oyida toʻliq tiklandi. Yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent ' 14%, Andijon ' 16% va Fa

07 Mar 20:07
 
34
0
postda.uz

TO‘G‘RINING YUZI YORUG‘

Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh inspektori, kapitan Azamat Suvanov ham ana shunday halollikni shior qilgan xodimlardan. U bir emas, uch marotaba o‘zining xizmat vazifasiga sodiqligini namoyon etib, noqonuniy hujjat tayyorlab berishdan bosh tortdi, tamaga qo‘l urmadi. Birinchi holat 2023-yil­ning dekabrida sodir bo‘ldi. Afg‘oniston fuqarosi D.Sabir (ism-sharifi o‘zgartirildi) qariyb 5 yildan beri ishchi viza asosida oila a