calendar 25 Feb 03:10
eye 13
comments 0
comments Manba: daryo

Putinning harbiy harakatlar boshlagan bayonoti, urushga qarshi namoyishlar, metroda jon saqlayotgan ukrainlar. 24-fevral suratlari

image

Dunyoning turli nuqtalaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Tokioda Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlangani haqidagi xabarlar efirga uzatildi.

Foto: “TASS”

World of Banksy ko‘rgazmasi 25-fevraldan 29-mayga qadar Italiyaning Turin shahridagi temiryo‘l vokzalida bo‘lib o‘tadi.

Foto: EPA

Kiyev aholisi shaharni tark etmoqda. Rossiya “maxsus harbiy operatsiyasi” boshlangani e’lon qilingach, Ukrainaning turli shaharlarida, jumladan, poytaxtda ham portlashlar sodir bo‘lgan. Kiyev rasmiylari havo hujumi haqida xabar berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat harbiy infratuzilma obyektlariga berilganini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Kyoln shahrida an’anaviy karnaval boshlandi.

Foto: “TASS”

NATOning beshta vertolyoti Vengriyadagi bazaga joylashtirildi.

Foto: EPA

G‘arbiy Sohilda bodom gulladi.

Foto: EPA

Kiyevdagi portlash oqibatlari.

Foto: EPA

Milan moda haftaligida Sunnei kolleksiyasi namoyish etildi.

Foto: “TASS”

Germaniyaning Kyoln shahrida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Foto: Getty Images

Kashmirda kuchli qor yog‘di.

Foto: Getty Images

Xarkov aholisi metroda raketa hujumlaridan himoyalanishmoqda.

Foto: EPA

Daniel Medvedev Akapulkodagi tennis turnirida ispaniyalik Pablo Andujarni mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi.

Foto: EPA

Hindistonning Laknau shahridagi saylovning to‘rtinchi bosqichida saylov uchastkasida navbat.

Foto: Getty Images

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Moskvadagi Aleksandr bog‘ida, Kreml devori yonidagi noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

Foto: “TASS”

Izboskan tumanining “Istiqlol” mahallasida cho‘zma pishirish jarayoni.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Rafael Nadal Mexican Tennis Open turniri doirasida amerikalik Stefan Kozlovga qarshi o‘yinda qo‘lini sovitmoqda.

Foto: EPA

Madriddagi 41-Xalqaro zamonaviy san’at yarmarkasida eksponatlarni tomosha qilayotgan tashrif buyuruvchi. Yarmarkada 30 ta davlatdan bir yuz sakson besh galereya ishtirok etmoqda.

Foto: Getty Images

Ukraina harbiylari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi hujumni qaytarishga tayyorlanmoqda.

Foto: AFP

Tagonoura Minato bog‘idan ko‘rinib turgan Yaponiyaning eng baland tog‘i bo‘lgan – Fuji.

Foto: AFP

Tokioning Shibuya okrugida Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga qarshi namoyish.

Foto: AFP


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
21
0
postda.uz

ENG ASOSIYSI XALQ BILAN

Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ko‘rgazmali seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.  Mazkur yo‘nalishdagi ilk bor, eksperiment tariqasida o‘tkazilayotgan seminarda dastlab boshqarma tashkiliy bo‘limi boshlig‘i so‘z olib, ushbu tadbirning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.Bugun Samarqand shahri IIO FMB tasarrufida 9 ta IIB mavjud bo‘lib, shaxsiy tarkib va kuch-vositalar tun-u kun xizmat olib borishadi.Tash

30 Jan 17:32
 
45
0
postda.uz

Gʻoliblar nomi maʼlum

“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi ham boʻlib oʻtdi. Unda nafaqat namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari, balki eng faol xodimlar va jamoatchilik vakillari orasidan ham nominatsiya gʻoliblari aniqlandi. Xususan, “Eng faol sektor rahbari”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng faol xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori”, “Eng namunali xotin-qizlar faoli” “Eng faol inspektor-psixolog”, “Eng faol proba

07 Mar 20:07
 
15
0
postda.uz

INSON SEZGISI OJIZ QOLGANDA

Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, Nukus shahridagi ovqatlanish joylari­dan biriga kirgan fuqaro O.R. zarur ehtiyoj tufayli qisqa vaqtga tashqariga chiqadi. Qaytib kelganida esa stolda hujjatlari bilan birga qoldirgan «Samsung A-52» rusumli uyali telefoni yo‘qligini ko‘rib boshidan hushi uchdi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan murojaat bo‘yicha voqea joyiga yetib borgan guruh tarkibida kinologiya bo‘linmasi kichik inspektor-kinologi, safdor S.Sarsenbayev

09 Feb 18:21
 
49
0
postda.uz

АЙБСИЗ АЙБДОР ГЕНЕРАЛ

Фарғоналик генерал-майор Салим Собиров ўзининг 83 йиллик ҳаёти давомида кўплаб синов ва машаққатларни бошдан ўтказган, лекин ҳеч қачон қаддини букмаган, ҳақиқий мард ва олижаноб, камтарин ва ватанпарвар инсон эди.У 1925 йил 13 январда Фарғона вилоятининг Фарғона туманидаги Я