calendar 21 Jan 20:10
eye 23
comments 0
comments Manba: daryo

“Sputnik V” omikronga qarshi Pfizer’dan ikki baravar samaraliroq bo‘lib chiqdi

image

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining omikron shtammiga nisbatan samaradorligi Pfizer vaksinasidan yuqori bo‘lib chiqdi. Bu haqda Italiyaning Spallanzani instituti olimlari Rossiyaning Gamaleya markazidagi hamkasblari bilan birgalikda o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Olimlar “Sputnik V” va Pfizer vaksinalarining omikron shtammiga qarshi beradigan immun javobi darajasini solishtirdi. Tadqiqot “Sputnik V” va Pfizer vaksinasi bilan emlangan kishilarning qon zardobidagi solishtirma namunalari asosida o‘tkazildi. Bu odamlardagi IgG antitanalarining darajasi va virusni zararsizlantirish faolligi Uxanda aniqlangan asl shtammnikiga o‘xshash edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 51 kishida vaksinaning ikkinchi dozasidan 3—6 oy o‘tgach olingan namunalar “Sputnik V”ning ikki dozasi bilan emlanganlarda antitanalar darajasi omikronga nisbatan Pfizer bilan emlanganlarga qaraganda chidamliroq ekanini ko‘rsatdi.

“Sputnik V’ vaksinasi o‘zida omikron shtammiga (B.1.1.529) qarshi virusni zararsizlantiradigan antitanalarning titri Pfizer vaksinasining ikkita inyeksiyasiga nisbatan ikki baravar yuqoriligini ko‘rsatdi”, — deyiladi xabarda.

“Sputnik V” bilan emlangan tadqiqot ishtirokchilarining 74,2 foizining qonida omikron shtammi zararsizlangan, Pfizer uchun esa bu ko‘rsatkich 56,9 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, maxsus IgG antitanalarining eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarda omikronni zararsizlantiruvchi antitanalar “Sputnik V” bilan emlanganlarning 100 foizida, Pfizer bilan emlanganlarning 83,3 foizida aniqlangan.

Avvalroq janubiy afrikalik olimlar Pfizer vaksinasi omikronga qarshi samarasiz ekanini aniqlagandi. Qayd etilishicha, Pfizer vaksinasi yangi shtammga qarshi bor-yo‘g‘i 22,5 foiz samara ko‘rsatgan, ammo preparat omikron bilan kasallangan bemorlarni kasallikning og‘ir kechishidan hanuz himoyalay olishi aytilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Feb 17:12
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston yoshlari Dehlida Doʻstlik va tinchlik xalqaro bolalar festivalida ishtirok etdi

Mazkur xalqaro maktabda mahalliy oʻquvchilar bilan bir qatorda koʻplab xorijiy davlatlar, jumladan, oʻzbekistonlik yoshlar ham tahsil oladi.Mamlakatimiz vakillari taʼlim jarayoniga katta masʼuliyat bilan yondashib, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Maktab oʻqituvchilar jamoasi yosh vatandoshlarimiz haqida doimo ijobiy fikrlar bildiradi.Oʻzbekistonlik yoshlar, shuningdek, oʻrta taʼlim muassasasining jamoat hayotida ham faol ishtirok etib, turli tadbirlarda oʻzbek

03 Feb 17:32
 
36
0
qalampir.uz

Rossiyada tug‘ilish darajasi keskin kamaydi

Rossiya o‘zining yaqin tarixidagi yeng katta demografik inqirozga yuz tutmoqda, tug‘ilishning keskin kamayishi ko‘plab rossiyaliklarning noaniq iqtisodiy va siyosiy vaziyatda oila qurishdan qo‘rqishini aks ettiradi. Bu haqda bir qator tahlilchilarga tayanib, "Amerika ovozi" ma’lum qildi. O‘n yil oldin Rossiyada har yili ikki million bola tug‘ilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda bor-yo‘g‘i bir million ikki yuz ming bola tug‘ilgan, bu 1991 yilda Sovet

31 Jan 17:50
 
47
0
qalampir.uz

Tayvan AQSHning qurboniga aylanishi mumkin –  Xitoy

Tayvan har qanday vaziyatda AQSH qo‘lidagi "piyoda" sifatida qurbon qilinishi mumkin. Buni bugun, 31 yanvar kuni Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi rasmiy vakili Chen Binxua ma’lum qildi.  U AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Tayvan AQSHning yarimo‘tkazgich sanoatidagi biznesini tortib olgani haqidagi gapirganini eslatgan. “AQSH har doim o‘zining “davlat manfaati