Chexiyadagi avtostradada 40 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Chexiyada Praga yo‘nalishidagi D5 avtostradasining 33-kilometrida 20-yanvar kuni katta yo‘l transport hodisasi yuz berdi va biryo‘la 40 ta avtomobil bir-biriga urildi. Bu haqda Сeska televize xabar bergan.

Foto: Twitter

Avariya oqibatida olti nafar odamga talafot yetgan. Xabarga ko‘ra, YTHda jabrlanganlarning uch nafari vertolyotda Pragadagi shifoxonaga yetkazilgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Avtohalokat yuz bergan joyga favqulodda xizmatlar xodimlari yetib kelgan, qutqaruvchilar vertolyoti ham safarbar etilgan. YTH tufayli Pragaga olib boradigan yo‘l vaqtincha yopilib qolgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Avval AQShda Tesla haydovchisi birinchi bor avtopilot ishtirok etgan va o‘lim bilan yakunlangan YTH uchun sud oldida javob berishi, Tanzaniyada mikroavtobus ishtirokidagi YTHda 14 nafar, Misrda avtobus ishtirokidagi YTHda 16 nafar, Gaitida yonilg‘i ortilgan avtosisterna avariyaga uchrab, portlagani tufayli 40 nafardan ortiq, Meksikada noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida esa 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.