calendar 21 Jan 19:10
eye 22
comments 0
comments Manba: daryo

Nyu-Yorkdagi Teodor Ruzvelt haykali olib tashlandi. U Amerika tabiiy tarixi muzeyi oldida 80 yildan ortiq turdi

image

AQShning 26-prezidenti Teodor Ruzveltning Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarixi muzeyiga kiraverishda o‘rnatilgan otliq haykali olib tashlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Reuters

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi muzey oldiga 1940-yilda o‘rnatilgan. Unda Ruzvelt ot ustida, uning yonida esa Amerikaning tub aholisi vakili va asli afrikalik bo‘lgan ikki kishi piyoda tasvirlangan. 1970-yillardan beri faollar yodgorlikni bir necha bor tanqid qilib, uni olib tashlashni talab qilgan.

Haykalni olib tashlash to‘g‘risidagi yakuniy qaror 2020-yilning yozida afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyingi norozilik namoyishlari fonida qabul qilingan edi. Muzey prezidenti Ellen Fatterning aytishicha, zamonaviy jamiyatda yodgorlikning kompozitsion mohiyati ko‘pincha irqchilik va mustamlakachilik ramzi sifatida qabul qilinmoqda.

Haykalni olib tashlash tarixiy merosni saqlash bo‘yicha mutaxassislar rahbarligida amalga oshirildi va shahar boshqarmalari bilan kelishildi, dedi muzey vakili. Ish taxminan ikki million dollarga tushgan.

Foto: Reuters

Endi yodgorlik konservatsiyaga, so‘ngra Shimoliy Dakota shtatining Medora shahrida 2026-yilda ochilishi rejalashtirilgan Ruzvelt prezidentlik kutubxonasiga yuboriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
40
0
postda.uz

13-fevral – Butunjahon radio kuni

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta'siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi ne

11 Apr 13:56
 
31
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda toshqin boshlanganidan beri 86 ming kishi evakuatsiya qilindi

Qozog‘iston qutqaruvchilari mart oyi boshidan beri 86 ming fuqaroni suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Toshqin boshlanganidan buyon 86 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilindi. Jalq qilingan samolyot 2823 kishini qutqarib qoldi. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 8 ming 472 kishi bor. 81 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga olib keti

07 Mar 20:07
 
39
0
postda.uz

Кемадаги қул

Ибратли ҳикоятларБир куни подшоҳ денгиз саёҳатига чиқди. Унинг ҳали денгизга чиқиб кўрмаган ва йўл азобини тортмаган бир қули ҳам бор эди. Кема сувга туширилиб, тўлқинлар ичра ҳаракатлана бошлаганида, қулни ваҳима ва қўрқув қамраб олди. Ўз-ўзидан қалтираб, йиғлай бошлади.

08 Mar 14:06
 
34
0
qalampir.uz

Ukraina urushida AQSH qo‘shinlari ishtirok etmaydi – Bayden

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainada Amerika qo‘shinlaridan foydalanmaslikka qaror qilganini aytdi. Bu haqda u kecha, 7 mart kuni kechqurun AQSH Kongressi Vakillar palatasi va Senati oldida mamlakatdagi vaziyat haqidagi yillik nutqida ma’lum qildi. "Ular (ukrainaliklar) amerikalik askarlarni so‘ramayapti. Aslida, amerikalik askarlar Ukrainadagi urushda ishtirok etmaydi va men xuddi shu ruhda davom etishga qaror qildim", deydi Prezident.  Shuningdek, Bayden agar Qo