Cobalt piyodani urib ketdi, Lacetti Matiz bilan to‘qnashdi. YTHlar tafsilotlari

O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tafsilotlarini taqdim etamiz.

Jizzaxda Cobalt piyodani urib ketdi

2022-yil 18-yanvar kuni soat 19:05 larda G‘allaorol tumani “Qumqo‘rg‘on” hududidan o‘tuvchi Toshkent–Samarqand M-39 avtomobil yo‘lining 1035-kilometrida fuqaro Cobalt avtomobilini Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotganda yo‘lning belgilanmagan joyida kesib o‘tayotgan piyodani urib ketgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib tuman tibbiyot boshqarmasiga joylashtirilgan.

Tergovga qadar tekshiruvni tuman ichki ishlar bo‘limi olib bormoqda.

Buxoroda Lacetti va Matiz to‘qnashdi

Buxoro News kanalida Lacetti va Matiz to‘qnashgani aks etgan video e’lon qilindi.

Voqea qachon va qayerda sodir bo‘lgani hamda jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.