calendar 21 Jan 18:10
eye 15
comments 0
comments Manba: daryo

Eron prezidenti NATO siyosati alyansning parchalanishiga olib kelishini ma’lum qildi

image

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy NATOning mustaqil davlatlar ichki ishiga aralashish taktikasini hiyla-nayrangga to‘la deb atab, u oxir-oqibat alyansning parchalanishiga olib kelishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: AP Photo

“NATO turli yashirin bahonalar bilan qator mamlakatlar hududiga kirish bilan shug‘ullanmoqda, ular mustaqil davlatlarga tahdid qilyapti. G‘arb materiyasining tarqatilishi va mustaqil demokratiyalarga qarshi turish, xalqlarning o‘zini o‘zi identifikatsiya qilishi, xalqlarning madaniyati va an’analari NATO kun tartibida va bu shunchaki yolg‘on. Biz ularning harakatida ushbu yolg‘onni ko‘ryapmiz, bu esa oxir-oqibat uning parchalanishiga olib keladi”, — deydi Raisiy Rossiya davlat dumasidagi chiqishida.

Shuningdek, u “hukmronlik siyosati”ni va G‘arb joriy etayotgan sanksiyalarni tanqid qilgan, shuningdek, mustaqil davlatlarni unga qarshi birlashishga chaqirgan.

“Sanksiyalarning joriy etilishi — bu yangi hukmronlikning yana bir shakli va bunga qarshi turish uchun mustaqil davlatlar hamkorligi hamda kollektiv javob kerak. Aks holda turli bahonalar bilan ular sanksiyalar joriy etadi. Ular hatto o‘z ittifoqchilarga qarshi ham sanksiyalar joriy etmoqda”, — deydi Raisiy.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden “Putin hali hech qachon ko‘rmagan” sanksiyalar haqida gapirgani, Xitoy Eronga nisbatan qo‘llanayotgan sanksiyalarga qarshi chiqish qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
27
0
qalampir.uz

Si Szinpin Pekinda Lavrovni qabul qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi. “Biz o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, sizning rahbarligingizda so‘nggi o‘n yillikda erishgan muvaffaqiyatlaringizni yuksak qadrlaymiz va hayratda qolamiz. Biz bu muvaffaqiyatlardan chin dildan mamnunmiz, chunki bu do‘stlarning muvaffaqiyati. Biroq dunyoda hamma ham bunday munosabatda emas va ular Xitoyning rivojlanishini to‘xtatish uch

11 Apr 13:56
 
44
0
qalampir.uz

Imomali Rahmon fuqarolarni xalq sha’niga dog‘ tushirmaslikka chaqirdi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon respublika fuqarolarini siyosiy hushyor bo‘lishga, tojik xalqi sha’niga dog‘ tushirmaslikka, manfaatdor kuchlar tomonidan kattalar va bolalardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda u Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi. “Biz farzandlarimizni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular ulug‘vor ajdodlarimiz nomi va xotirasiga munosib bo‘lib, xalqaro maydonda davlat va millatning obro‘-e’t

11 Apr 20:33
 
58
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene

11 Apr 13:56
 
46
0
qalampir.uz

Japarov ikki qardosh davlatga boradi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan ikki turkiy davlat – Qozog‘iston va Ozarbayjonga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Japarov 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Dastan Dyushekeyev jurnalistlarga tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qilgan. Tomonlar ikki tomonlam