calendar 21 Jan 16:20
eye 23
comments 0
comments Manba: xs

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan 18 nafar shaxs ragʻbatlantirildi

image

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini samarali taʼminlash maqsadida maxsus komissiyalar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Qayd etish lozimki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda jamoatchilik ishtirokini yanada oshirish, latent (yashirin) holatda qolayotgan jinoyatlarni barvaqt aniqlash, ularni oʻz vaqtida fosh etishda tashabbuskor hamda faol fuqarolarning ishtirok etish darajasini kengaytirish va ularni ragʻbatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bosh prokuratura tomonidan 2021-yilda jami 18 nafar shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganligi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashganligi sababli ragʻbatlantirildi.

Ushbu xabarlar asosida 16 ta holatda pora olish va 2 ta holatda byudjet mablagʻlarini juda koʻp miqdordagi qiymatda talon-toroj qilish jinoyatlari fosh etilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Albatta, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etib kelayotganligi quvonchli holdir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Feb 05:01
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Belarus: oliy va professional taʼlim hamda ilmiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Delegatsiyani oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qabul qildi.Uchrashuv davomida tomonlar oliy taʼlim sifatini oshirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishga asoslangan zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beruvchi kadrlarni hamkorlikda tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov soʻnggi yillardagi islohotlar natijasida yurtimizda 100 ta yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilganini, xususan koʻplab

06 Feb 05:01
 
34
0
xs.uz

“Uchar toʻp” sport turi ommalashib bormoqda

' U jamoaviy oʻyin boʻlib, 14 nafar ishtirokchi ikkiga boʻlingan holda bellashadi, ' deydi Toshkent shahridagi 'Yosh tadbirkor universiteti' oʻquv markazi tinglovchisi Jamoliddin Boʻtaqulov. ' Voleybol, basketbol, qoʻl toʻpi kabi sport turlariga xos boʻlgan jihatlarni oʻzida mujassam etgan ushbu sport turi qoʻlda oʻynaladi. Boshqa sport turlaridan farqi, ishtirokchidan ortiqcha kuch talab qilmagan holda, chaqqonlik va serharakatlilikni talab etadi. Imkoniyatlari esa uning ommaviyligid

12 Feb 17:12
 
33
0
xs.uz

Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urugʻlik stansiyasi ishga tushiriladi

Pillachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, oʻrma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha tizim yaratiladi.Ozuqa-yem bazasini koʻpaytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut koʻchatini ekish topshirildi.Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urugʻlik stansiyasi ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar

09 Feb 05:00
 
37
0
xs.uz

Fuqarolarni 16 yoshdan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish tartibi joriy etiladi

Shuningdek, 'Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida'gi Qonuniga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritildi.'Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:Belgilangan hollarda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiya