calendar 21 Jan 15:32
eye 15
comments 0
comments Manba: qalampir

"Australian open-2022". Nadal 1/8 finalga yo'l oldi 

image
image

Bugun, 21 yanvar kuni tennis bo'yicha "Katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g'olibi Rafael Nadal Avstraliya Ochiq chempionatida 28-raqam ostida ishtirok etgan rossiyalik tennischi Karen Xachanovni mag'lub etib, 1/8 finalga yo'l oldi. Bellashuv 2 soat 50 daqiqa davom etdi va 6:3, 6:2, 3:6, 6:1 hisobida ispaniyalik tennischi foydasiga hal bo'ldi. 

Endilikda, Nadal chorak finalga chiqish uchun Aslan Karatsev (Rossiya, 18) va Adrian Mannarino (Frantsiya) dueli g'olibiga qarshi kortga chiqadi. 

Turnir joriy yilning 30 yanvar kuni yakunlanadi. Yakkalik bahslarida g'alaba qozongan sportchi 2,2 million AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti va 2000 reyting ochkosiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi g'olibi dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich hisoblanadi. U o'tgan yilgi finalda rossiyalik Daniil Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:10
 
20
0
qalampir.uz

Rossiyalik jahon chempioni YTH oqibatida halok bo‘ldi

Muay-tay bo‘yicha Jahon chempionatining ikki karra g‘olibi Nikita Chernov Mari Eldagi baxtsiz hodisada vafot etdi. Bu haqda uning murabbiyi Andrey Sobko ma’lum qildi. Mari El davlat yo‘l inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 mart kuni ertalab Zvenigovskiy tumanidagi Vyatka shossesining 26-kilometrida KAMAZ haydovchisi chorrahada sportchi bo‘lgan Volvo rusumli mashinasiga yo‘l bermagan. Shundan keyin to‘qnashuv sodir bo‘lgan. “Dahshatli baxtsiz hodisa oqibatida sp

09 Feb 14:02
 
31
0
qalampir.uz

Rasman: Otabek Shukurov “Kayserispor” klubiga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov Turkiyaning “Kayserispor” jamoasi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Osiyo kubogi boshlanishidan avval “Fotih Karagyumruk” bilan xayrlashgan 27 yoshli futbolchi faoliyatini Kayseri shahri jamoasida davom ettiradi. Shukurov yangi klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Ma’lumot o‘rnida, “Kayserispor” klubiga 1966 yilda asos soli

07 Mar 20:07
 
34
0
postda.uz

G‘olib respublika bosqichida qatnashadi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida “Fidoyi xodima” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilardan ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan 100 metr masofaga yugurish va kompleks mashqlarni bajarish, “Makarov” to‘pponchasini to‘liqsiz qismlarga ajratish, yig‘ish hamda amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari, test sinovlari qab

07 Feb 10:05
 
46
0
qalampir.uz

Sardor Rashidov BAA klubi a’zosiga aylandi

O‘zbekistonlik taniqli futbolchi Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 32 yoshli Rashidov “Dubay Siti” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Tez orada klub ham futbolchi bilan kelishuvga erishganini e’lon qiladi. Hozirda “Dubay Siti” mamlakat chempionati turnir jadvalida 18 ta o‘yindan keyin 13 ochko to‘plab, 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa BAAning yan