calendar 21 Jan 15:31
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir

Aksilkorruptsiya ishga kirishdi! "Sevimli" atrofidagi manfaatlar to'qnashuvi o'rganilmoqda

image
image

O'zbekiston Kinematografiya agentligi "Sevimli" telekanaliga davlat buyurtmalarini berib kelgani, shuningdek, subsidiyalar ajratishda manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgani ehtimoli bo'yicha Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi o'rganish boshladi. Bu haqda agentlik Matbuot kotibi Durdona Ochilova QALAMPIR.UZ’ga maʻlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sevimli" telekanalining egalari – Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning o'g'li, qizi va rafiqasi ekani hamda bu telekanalning kamida uchta milliy serialida davlat buyurtmachisi – ayni Kinematografiya agentligi ekani aytilmoqda.

"Mazkur masala yuzasidan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi izoh berishi so'ralmoqda. Hozirda agentlik masʻul xodimlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan barcha holatlar bo'yicha o'rganish va surishtiruvlar olib borilayotganligini maʻlum qilamiz. O'rganish yakunlari bo'yicha ommaviy axborot vositalariga qo'shimcha axborot beriladi", deydi Durdona Ochilova.

Eslatib o'tamiz, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi "Sevimli" telekanalida efirga uzatilayotgan "Sabriya" serialida axloqsiz sahnalar mavjudligi va bu jamoatchilikning keskin eʻtiroziga sabab bo'lgani ortidan ekspertiza tayinlanganini eʻlon qildi. Oradan ko'p o'tmay, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qizi – Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva ham "Sabriya" serialini tanqid qildi va hyech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafratni ko'rmaganini bildirdi

Ushbu masala kun tartibiga chiqishi ortidan telekanal prodyuseri Amira Rashidova ijtimoiy tarmoqlar orqali munosabat bildirib, "axloqsiz" degan ayblovni qo'yishdan oldin, kesib olingan kadrning yakunini tushunish uchun filmning yana 3 daqiqasini ko'rish yetarli" ekanini maʻlum qildi

Shundan so'ng, mazkur masalaga O'zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov  ham izoh berdi. Unga ko'ra, "Sabriya" seriali haqiqatan ham badiiy va mazmunan sayoz.

Oradan ko'p o'tmay, "Sevimli" telekanali Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo'jayev va bosh muharrir Q.Saydaliyev lavozimidan ozod etildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida Firdavs Abduxoliqov saylandi. Shuningdek, shu paytga qadar O'zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoyev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlangan. 

20 yanvar oqshomida "Sevimli" telekanali bosh prodyuseri Amira Rashidova yana ijtimoiy tarmoqlar orqali bayonot bilan chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to'ng'ich qizi – Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyevadan uzr so'radi. 

Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov axloqsizlikni televideniyeda targ'ib qilishni davlatga xiyonat sifatida baholadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:12
 
53
0
xs.uz

Boks boʻyicha Bahodir Jalolov maktabi ochildi

Olimpiada va Osiyo oʻyinlari gʻolibi, ikki karra jahon va uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov Oʻzbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.Yurtimizda bunday chempionlar faoliyatini targʻib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-martdagi qaroriga muvofiq, shunday yana bir maskan ' Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahor

07 Mar 20:11
 
48
0
qalampir.uz

Maktabga kirmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi soxta bo‘lib chiqdi

Joriy yilning 5 mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda soat 15:30 atrofida Milliy gvardiya xodimini maktab qorovuli kirish joyida to‘xtatgan. Ushbu shaxs Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekanligi aniqlangan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, u soxta guvohnomani ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytgan. Maktab ma’muriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmagani v

14 Mar 07:22
 
39
0
xs.uz

“Boshimdagi tojim — onam” kitobi chop etildi

Tadbirda yozuvchi-shoirlar, muallifning yaqinlari va doʻstlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Soʻzga chiqqanlar Muhammad Ismoilning ijodi, sheʼrlari, xususan, yangi nashr etilgan mazkur kitobi haqida fikrlari, dilsoʻzlarini bildirishdi.' Ushbu kitobda Muhammad Ismoil oʻz volidasi timsolida barchamiz uchun aziz va muhtaram boʻlgan Onaga taʼrif beradi. ' dedi adabiyotshunos Nurboy Jabborov. ' Muhtaram onalarning farzandi uchun barcha qiyinchiliklarga bardosh berish

11 Apr 13:59
 
34
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan 300 dan ortiq avtobus texnik sinovdan o‘tkazilmagan

O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan avtobuslar 2018 yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmasdan odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov mazkur holat yuzasidan tushuntirish talab qilib, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga senator so‘rovini yubordi. https://senat.uz/controlactivity/post-1943  Qayd etilishicha, JV MAN Auto-Uzbekistan MCHJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan MAN A 22 CNG rusu