calendar 21 Jan 15:21
eye 8
comments 0
comments Manba: xs

Parkentlik ayollar nimadan norozi?

image

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyati, Parkent tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlash xizmati xodimlari ishsiz qolayotgani yuzasidan murojaat yoʻllagan edi.

Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

2021-yil 6-iyundagi “Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorga asosan Angren shahridagi Krasnogorsk qoʻrgʻonining yer chegaralari Toshkent viloyatining Parkent tumani tasarrufiga oʻtkazilgan.

Natijada hududda faoliyat yuritib kelgan sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligini taʼminlash xizmatining Angren shahar boʻlimi, Krasnogorsk qoʻrgʻoni shifoxonasi, "Krasnogorsk shahargaz" boʻlimi faoliyati toʻxtatilib, 60 dan ortiq xodim ishsiz qolgan. Ushbu masala yuzasidan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik qoʻmitasi raisi M.Qodirxonova tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Murojaat qoʻmita tomonidan nazoratga olinib, holat tegishli vazirlik va idoralar, Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻrganilmoqda.

Bu holat boʻyicha qoʻshimcha axborot eʼlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

30 Jan 05:00
 
43
0
xs.uz

Yoshlar bilan ishlashda “Quvasoy tajribasi” yaratiladi

Dastlab 'Jasorat' loyihasi doirasida yurish marafoni oʻtkazildi. Asosan navqiron avlod vakillaridan iborat viloyat 'Qalqon' jamoatchilik guruhi aʼzolari jalb etilgan tadbirda turli yosh toifasidagi quvasoyliklar ham faollik koʻrsatishdi.Shuningdek, shu kuni 'Vatanparvar' tashkiloti shahar oʻquv sport-texnika klubi maxsus avtomobillari ishtirokida koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 'Qalqon' jamoatchilik guruhi aʼzolari oʻrta

07 Feb 13:58
 
44
0
qalampir.uz

Qariyb 37 million so‘mlik tamaki sotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda 2 nafar fuqaro daromad orttirish maqsadida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosini amalga oshirayotgani aniqlangan.  Bildirilishicha, ushbu shaxslar hech qanday hujjatsiz 3 xil turdagi 2 ming 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano”  nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini boshqa bir fuqar

30 Jan 21:01
 
48
0
xs.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

Majlisda Prezidentimiz raisligida davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan uy-joy va kommunal xoʻjaligi, qurilish, transport va ekologiya masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan ushbu sohalardagi imkoniyatlar chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar ham belgilab berilgani qayd etildi. Shuningdek, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.Qonunchilik palatasida dastlab 'Oʻzbek

07 Mar 20:11
 
20
0
qalampir.uz

Qodiriy asos solgan bir asrlik jurnalning faoliyati to‘xtatildi

Ko‘plab ijodkorlarning adabiyotga qadam qo‘yishida vosita bo‘lib xizmat qilgan, ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tomonidan tashkil etilib, 1923 yil 18 fevralda ilk soni chop etilgan "Mushtum" jurnali iqtisodiy qiyinchiliklar sabab noma’lum muddatga nashr etilishi to‘xtatildi. Bu haqda jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.  “Senzura” va iqtisodiy inqiroz sabab bir necha yillar davomida chop etilmay kelgan jurnal avva