calendar 21 Jan 15:10
eye 9
comments 0
comments Manba: daryo

Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayevni kaltaklagan “Surxon” rahbariyatining futboldagi faoliyatiga ruxsat berildi

image

“Surxon” vakillari va uning sobiq futbolchilari o‘rtasida vujudga kelgan mojaro bo‘yicha ma’lumot berildi.

Foto: Instagram/ Javohir Esonqulov

2021-yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Surxon” bosh direktori Azamat Abdurahmonov, klub sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev o‘rtasida vujudga kelgan janjal bo‘yicha vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilgunga qadar ularni futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatgan edi.

Tashkilot matbuot xizmatining yozishicha, mazkur vaziyat bo‘yicha 2022-yilning 14-yanvarida Toshkent shahar jinoyat ishlar bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi tomonidan qaror qabul qilingan va aybdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan jarima jazosi tayinlangan. Tegishli ma’muriy jazo choralari ko‘rilganligi sababli ularga nisbatan qo‘llanilgan futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilganligi to‘g‘risidagi qaror 2022-yil 20-yanvar kunidan boshlab bekor qilindi va ularning futboldagi faoliyatiga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni “Surxon” sobiq futbolchisi, 24 yoshli Javohir Esonqulov kaltaklanganligi yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgani to‘g‘risidagi video tarqalgandi. Esonqulovning rafiqasi turmush o‘rtog‘i “Surxon” klubi binosida guruh bo‘lib, “dubinka” bilan kaltaklanganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan tergov boshlagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Feb 17:26
 
49
0
xs.uz

Parijda Dzyudo boʻyicha jahon chempionatida vakilimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi

Musobaqaning 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi bahslar gʻolibi, Ishahara Tatsuki boʻldi. Hamyurtimiz Shaxram Ahadov esa bronzani qoʻlga kiritdi. Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov sportchilarga medallarni topshirdi.

05 Feb 14:50
 
48
0
qalampir.uz

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettiradigan bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 30 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.  “Jaloliddin Masharipov yaqin ikki-uch kun ichida Tehronda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi”, deyiladi klub xabarida. Ma’lumot uchun, Jaloliddin Masharipov faoliyati davomida BAAning “Shabab Al-Ahli”, Saudiya

07 Mar 20:10
 
28
0
qalampir.uz

Otabek Xolmatov jarohat bilan jang qildi – Top Rank

Kecha, 3 mart tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jang qilib, amerikalik Raymon Fordga qarshi bahsning oxirgi 12-raundida texnik nokautga uchrab, imkoniyatni boy berdi. Jangni tashkil qilgan proumouterlik kompaniyasi Top Rank'ning ma’lum qilishicha to‘qnashuvdan oldin o‘zbekistonlik bokschining jarohati bo‘lgan. 25 yoshli Xolmatov tizzasidan olgan jarohati bilan jang qilgan. “Xolmatov tizzadagi

07 Feb 10:54
 
35
0
qalampir.uz

“Al-Ittihod” futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirmoqchi

“Liverpul”ning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida ingliz klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, futbolchi transferiga hamon Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi Saloh uchun 200 million funt sterling (taxminan 234 million yevro) to‘lashga tayyor. Shu tariqa, “Liverpul”ning Salohni sotishi yangi jahon rekordini o‘rnatishi mumkin. Ho