calendar 21 Jan 14:21
eye 17
comments 0
comments Manba: xs

Ombudsmanga qanday vakolatlar berilyapti?

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalari Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda parlament quyi palatasi deputatlari, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari hamda soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi muhim tarixiy qadam boʻldi.

Ushbu hujjatda amaldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunni islohotlar asosida takomillashtirish vazifasi belgilangan.

Tadbirda soʻz olganlarning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda inson huquq va manfaatlarini taʼminlashda parlamentning Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining oʻrni va vakolatlari tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ulugʻvor gʻoya asosida ishlab chiqilgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida inson huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar yanada jadallashtirilishi eʼtiborga molik. Ushbu islohotlar jarayonida Ombudsman faoliyatini tartibga soluvchi qonunning har tomonlama takomiliga yetkazilgan va amalda toʻliq ishlovchi hujjat sifatida qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Shu maqsadda ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida mazkur sohani tartibga soluvchi bir qator ilgʻor davlatlarning qonun hujjatlari atroflicha oʻrganilgan.

Shuningdek, mazkur qonun loyihasini inson huquqlarini taʼminlash borasidagi xalqaro maqomdagi hujjatlar talablari asosida takomillashtirish maqsadida ushbu hujjat BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga ekspertiza uchun yuborilgan.

Shuningdek, Ombudsman faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi regulation.gov.uz portalida jamoatchilik muhokamasidan oʻtgan.

Qonun loyihasi 7 bob va 46 moddadan iborat boʻlib, unda Ombudsman oʻz oldida turgan vazifalarni moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qoʻshimcha kafolatlar hamda uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini ishonchli himoya qilish choralari, Ombudsmanning qonunchilik tashabbusi huquqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzalar taqdim qilish huquqlarini berishga oid yangi moddalar aks etgan.

Shuningdek, Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari maqomi, jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi”ni saqlashning huquqiy mexanizmlari, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishi holati toʻgʻrisida Ombudsman tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va mexanizmi, shuningdek, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga hamda davlat organlariga tizimli ravishda axborot taqdim etish tartibi va qator boshqa normalar belgilanmoqda.

Tadbirda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokama qilinib, uni yanada takomiliga yetkazish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

“Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Feb 05:01
 
41
0
xs.uz

YOII Hukumat rahbarlarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Unda Armaniston Respublikasi Bosh vaziri N.Pashinyan, Belarus Respublikasi Bosh vaziri R.Golovchenko, Qozog'iston Respublikasi Bosh vaziri A.Smailov, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi M.Mishustin, Qirg'iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o'rinbosari A.Kasimaliyev ishtirok etdi. Kuba Bosh vaziri M.Krus video murojaat bilan qatnashdi.Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat sifatida o'zaro manfaatli hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlan

08 Feb 14:33
 
39
0
qalampir.uz

O‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 45 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

Navoiy viloyati Karmana tumanida fuqaroni o‘qishga kitirib qo‘yish va’dasi bilan chuv tushirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura  huzuridagi departament xabar berdi.  Bildirilishicha, departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.  Natijada “Sh.A.” MCHJ rahbari boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish hamda o‘qishini O

13 Feb 22:03
 
24
0
xs.uz

Dubay shahrida Butunjahon hukumatlar sammiti boʻlib oʻtmoqda

Bu yilgi sammit 'Kelajak hukumatlarini shakllantirish sari' mavzusida tashkil etilib, uning doirasida 15 ta forum, 23 ta uchrashuv va davra suhbatlari, 120 dan ortiq interaktiv sessiya va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.Tadbirlarda 200 nafar spiker, 120 ta xorijiy delegatsiyalar, 27 ta xalqaro tashkilot rahbarlari, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, yirik biznesmenlar taklif qilingan.Sammit doirasida 'Hukumat inson resurslarining istiqbollari' mavzusida tashkil qilingan davra s

12 Feb 17:11
 
29
0
xs.uz

Andijonda elektrobuslar qatnay boshladi

' Shu yilning 3-11-yanvar kunlari Xitoyda boʻlib oʻtgan muzokaralarda viloyatimiz delegatsiyasi Chin yurti ishbilarmonlari bilan bir qator istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishishgan edi,' deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Muslimbek Ibrohimov. ' Jumladan, King Long United Automotive Industry kompaniyasi bilan hamkorlikda elektrobuslar xarib qilish boʻyicha shartnoma tuzilgan boʻlib, Andijonga keltirilgan ushbu elektrobuslar mana shu kompaniya mahsulotidir. Ayni vaq