so'ngi yangiliklar
Samarqandda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Qoʻshma demarkatsiya komissiyasi yigʻilishi yakunlari boʻyicha davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlar tasdiqlandi, shuningdek, tegishli bayonnomalar imzolandi.
Yangilikni ko'rish
Samarqandda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalari oʻrtasida oʻzbek-qirgʻiz davlatlararo chegarasini belgilash boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi.
22-28-may kunlari boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida ishchi guruhlarning uchrashuvi va Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikda oʻtkazilgan dala tadqiqotlari natijalari muhokama qilindi.
Qoʻshma demarkatsiya komissiyasi yigʻilishi yakunlari boʻyicha davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlar tasdiqlandi, shuningdek, tegishli bayonnomalar imzolandi.
izohlar
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 31-may kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, harorat 39 darajaga koʻtariladi
“Oʻzgidromet” 31-may, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Yangilikni ko'rish
“Oʻzgidromet” 31-may, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 34-36° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39°boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, choʻl hududlarda 23-25° gacha, kunduzi 34-39°boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° boʻladi.
izohlar
Poʻlat Bobojonov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Xakala Teri bilan uchrashdi
Muloqot konstruktiv ruhda, oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib oʻtdi.
Yangilikni ko'rish
Joriy yilning 30-may kuni Toshkent shahriga rasmiy tashrifi davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Xakala Teri boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazdi.
Tadbirda, tomonlar soʻnggi yillarda yurtimizda Davlat rahbari boshchiligida inson qadrini yuksaltirish, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududlarga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sud-huquq sohasida oʻtkazilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot almashdilar.
Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida turli xavf-xatar va tahdidlar, xalqaro terrorizm va ekstremizm, odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari hamda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va tajriba almashish borasida fikrlashdilar.
Xususan bu borada, Ichki ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo chegaralarini boshqarishda koʻmaklashish (BOMKA-10), Markaziy Osiyo mintaqasi huquq-tartibot xodimlarining bilimlarini mustahkamlashda koʻmaklashish (LEIKA), Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish (KADAP) hamda Migrantlarni vataniga qaytarish (YEURLO) loyihalari orqali turli sohalarda hamkorlik qilmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu loyihalarning amaliy ijrosini taʼminlashga qaratilgan oʻquv kurslarda jami 300 dan ortiq mamlakatimiz ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etgan.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligini Yevropa Ittifoqi bilan sohaga oid loyihalar orqali doimiy muloqot va tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda muntazam ravishda mutaxassislarning malaka oshirishlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Muloqot konstruktiv ruhda, oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib oʻtdi.
izohlar
Toshkentda subsidiya asosida 25 ta tikuv mashinasi olib berishni vaʼda qilgan firibgar aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangilikni ko'rish
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.S.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda tanishlari yordamida 25 ta tikuv mashinasi olish uchun subsidiya ajratib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
izohlar
Gamburgda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi
Gamburgda mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Germaniyaning “Jura One” huquqshunoslik maktabi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot tashkil etildi.
Yangilikni ko'rish
Gamburgda mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Germaniyaning “Jura One” huquqshunoslik maktabi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot tashkil etildi.
Tadbir Oʻzbekiston Prezidentining 2-3-may kunlari Germaniyaga buyurgan tashrifi yakunlari, shuningdek, mamlakatimiz Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum munosabati bilan oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor nemis ishbilarmon doira vakillari, mamlakatimizda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan kompaniyalar vakillari qatnashdi.
— Keyingi yillarda nemis biznesining Oʻzbekistonga qiziqishi sezilarli darajada oshdi, — dedi Gamburgdagi huquqshunoslik maktabi direktori Zyoren Kroll. — Mamlakat hamkorlikka ochiq, zamonaviy texnologiyalar, bilim, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, sarmoyalarni jalb etishga eʼtibor qaratilayotganini koʻryapmiz. Biz Oʻzbekistonni sarmoya, tajriba va bilim bilan qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz.
Mustaqil huquqshunos Yan-Feliks Shaperdot, oʻz chiqishida juda qiziqarli taqdimot boʻlib oʻtganini, unda koʻplab nemis tadbirkorlari faol ishtirok etganini taʼkidladi.
— Biz Oʻzbekistonni nafaqat iqtisodiy tomondan, balki, mamlakatning yuqori salohiyatli kadrlari borligi, IT sohasi jadal rivojlanayotgani, respublika innovatsiyalar manbai ekanligi haqida bilib oldik. Albatta, ushbu omillar hamkorlikning yangi nuqtalarini topish uchun bizga qiziqarli boʻlishi mumkin, — dedi u. — Bundan tashqari, hamkorlikning umumiy qiziqarli yoʻnalishlari, birinchi navbatda sayyohlik va oʻzaro bogʻliqlik oʻzaro munosabatlarda yangi ufqlarni ochadi.
izohlar
“WikiStipendiya” loyihasining yangi mavsumiga start berilmoqda
Koʻpchilik yoshlarning sevimli loyihasiga aylanib ulgurgan “WikiStipendiya” bugun 1 yoshda.
Yangilikni ko'rish
Koʻpchilik yoshlarning sevimli loyihasiga aylanib ulgurgan “WikiStipendiya” bugun 1 yoshda.
Taʼkidlash joizki, loyihaga start berilganiga 1 boʻlishiga qaramay koʻplab quvonarli yutuqlarga erishdi. Oʻzbek tilidagi maqolalar soni qariyb 100 mingtaga oshirilib, 239 mingtaga yetkazildi. Oʻzbekcha Vikipediya butunjahon vikipediyalari tizimida 62 oʻrindan 44 oʻringa koʻtarildi, yaʼni 18 pogʻonaga yuqoriladi. Maqolalar soni boʻyicha esa Markaziy Osiyoda birinchilikka erishildi. “WikiStipendiya” marafonining birinchi mavsumidayoq 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi va ularning mehnatlari samarasida yuqoridagi natijalar qayd etildi.
Poytaxtimizdagi “Kitoblar olami” majmuasida “WikiStipendiya II” loyihasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Vikipediya administratorlari, yoshlar, turli idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi xodimlar, jurnalistlar qatnashishdi.
Tadbir avvalida Yoshlar ishlari agentligi direktorining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi, loyiha tashkilotchisi Mehrinoz Abbosova soʻzga chiqib, loyihaning ahamiyati, bugungi kundagi yutuqlari borasida alohida toʻxtaldi.
Soʻngra oʻzbekcha Vikipediya administratori Nodir Atayevga soʻz berildi. U “WikiStipendiya” loyihasi doirasida 2022-yilda amalga oshirilgan va 2 mavsumda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ishlar boʻyicha taqdimot qildi.
— “WikiStipendiya”ning ikkinchi mavsumida xorijiy tillarga tarjima marafoni, statusli maqolalar tanlovi, “Wiki-tur”, “WikiQuiz” kabi bir qator yangi loyihalar tashkil etishni rejalashtirganmiz, — dedi vikiadministrator Jamshid Nurqul. — Mazkur loyihalar orqali oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar sifatini yaxshilash hamda ularning sonini oshirishni maqsad qilganmiz. Oʻylaymanki, oʻzbekcha Vikipediya yaqin yillarda hatto inglizcha Vikipediyani ham ortda qoldirib, foydalanuvchilar undan istalgan narsani topishlari mumkin boʻladi.
Anjuman soʻnggida mehmon va OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
izohlar
Oʻzbekiston Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi
Yakuniy audit hisoboti 2023-yilning 15-noyabrgacha taqdim etiladi va IKAOning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Yangilikni ko'rish
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO/ICAO) ekspertlari tomonidan Oʻzbekistonda parvozlar xavfsizligi tizimining ishlashini baholash boʻyicha kompleks audit tekshiruvi oʻtkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Transport vazirligi maʼlumotiga koʻra, rejali audit doirasida joriy yilning 17-29-may kunlari IKAO auditorlar guruhi parvozlar xavfsizligi holati boʻyicha rejali tekshiruv oʻtkazdi. Shuningdek, Transport vazirligi, “Oʻzaviatsiya” agentligi, “Oʻzgidromet”, “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, “Panorama Airways” MCHJ, «I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ hamda “Uzbekistan Airways” AJning “Oʻquv mashq markazi”larida IKAO standartlari talablarining bajarilishi ustidan tekshiruv oʻtkazildi.
Audit natijalari boʻyicha Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi nomuvofiqliklar (SSC) aniqlanmadi.
Oʻzbekistonda IKAO standartlarini joriy etish umumiy samaradorligining dastlabki koʻrsatkichi 64 foizni tashkil etdi, bu toʻliq auditdan oʻtgan boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaxshi koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi.
Mazkur audit fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligi tizimini tashkil etishni baholashning eng muhim obyektiv vositalaridan biri hisoblanadi.
Yakuniy audit hisoboti 2023-yilning 15-noyabrgacha taqdim etiladi va IKAOning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
izohlar
Turkiyaning tarixiy termal shaharlari nimasi bilan sayyohlarni maftun etmoqda?
Yer osti va yer usti shifobaxsh mineral buloqlar kabi suv resurslaridan davolash vositasi sifatida foydalanish Termalizm deb ataladi.
Yangilikni ko'rish
Illyustrativ foto
Yer osti va yer usti shifobaxsh mineral buloqlar kabi suv resurslaridan davolash vositasi sifatida foydalanish Termalizm deb ataladi.
Termalizm Yevropada qadim zamonlardan to hozirgi kungacha keng qoʻllanib kelinayotgan amaliyot hisoblanadi. Gʻarbda oʻziga xos arxitektura anʼanalariga asosan qurilgan SPA issiqlik inshootlari boʻlgan koʻplab aholi punktlari mavjud. Ushbu shifobaxsh suv madaniyatini Yevropaning bebaho merosi deb hisoblash mumkin.
Bunday manzillar Turkiyada ham koʻp. Ulardan biri Afyonkarahisar shahridir. Mamlakatning termal turizm poytaxti hisoblangan Afyonkarahisar madaniyat, tabiat va oshpazlik sanʼatining muhim markazlaridandir.
Afyonkarahisar 5000-yildan ortiq tarixga ega. Shahar Xet, Frig, Rim, Vizantiya, Saljuqiylar va Usmonlilar kabi koʻplab imperiyalarga mezbonlik qilgan. Ushbu tarixiy shaharda ilk asrlardan beri davom etib kelayotgan termal anʼana bugungi kungacha avlodlar osha davom etib kelmoqda.Bu yerdagi buloqlardagi suvning harorati 60 dan 95 darajagacha Selsiyni tashkil etadi.
Shahardagi kurortlar yil davomida mehmonlarni davolanish uchun qabul qiladi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, buloqlardan chiqadigan suvlar ginekologik kasalliklar, nevrologiya, sinishlar, qandli diabet, revmatik va buyrak kasalliklariga davo hisoblanadi. Bu yerda jarohatlar va operatsiyadan keyingi holatlar davolanadigan ajoyib Fizioterapiya va reabilitatsiya markazi faoliyat koʻrsatadi.
izohlar
“Batik Air” Kuala-Lumpur va Toshkentni bogʻlashni rejalashtirmoqda
Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023-yil oktyabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlashni rejalashtirmoqda.
Yangilikni ko'rish
Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023-yil oktyabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlashni rejalashtirmoqda.
Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar haftasiga uch martagacha Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bunday niyatni aviakompaniya vakillari, Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boshqaruv kompaniyasi koʻmagida, Uzbekistan Airports bilan oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida bildirishdi.
Batik Air — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi boʻlib, Indoneziya ichida muntazam yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi. Kompaniya “Lion Air” arzon aviakompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi.
izohlar
O‘zbekistonda 17ta turdagi monopoliya bekor qilinadi
Xususiylashtirish dasturi doirasida davlat ulushi mavjud korxonalar 6 barobarga (hozirgi 2,3 mingtadan 360 taga) kamayadi.
Yangilikni ko'rish
Xususiylashtirish dasturi doirasida davlat ulushi mavjud korxonalar 6 barobarga (hozirgi 2,3 mingtadan 360 taga) kamayadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 17 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinib, ularga xususiy sektor keng jalb etiladi.
Umuman, kelgusi yillarda faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog‘liq sohalar davlat tasarrufida qoladi. Bu borada, 2030 yilga qadar iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish asosiy maqsadbo‘ladi.
Biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratishni bundan buyon ham davom ettiriladi.
So‘nggi olti yilda ish haqiga soliq yuki 2 barobar kamaytirildi, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushirildi. Ko‘plab cheklov va to‘siqlarni olib tashlash hisobiga, korxonalar soni 2 marta oshdi. Shu bilan birga, savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib qolayotgani sir emas.
Hozirgi kunda 5,5 million fuqaro norasmiy sektorda band. Shu bois, rasmiy sektor – nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratiladi.
izohlar
Tabiatni asrash masalasi — bolalar nigohida
Tabiatni asrash masalasi — bolalar nigohida
Yangilikni ko'rish
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Toshkent Fotosuratlar uyida “Tabiatni asraylik” mavzusidagi bolalar rasmlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmadan mamlakatimiz va SHHT davlatlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda maktab o‘quvchilarining ijodiy ishlari joy olgan.
Marosimda bugungi texnologiyalar va sanoatlashgan asrimizda tabiatni sof holda asrab qolish, ayniqsa, yoshlarda ekologik madaniyatni tarbiyalash har qachongidan dolzarb masala ekani ta’kidlandi.
— Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh avlodda ekologik tarbiyani rivojlantirish, ularda tasviriy san’at va badiiy ijodga qiziqishni oshirish, iqtidorli yosh rassomlarni aniqlash, rag‘batlantirish va tabiatga mehr-e’tiborini kuchaytirishdan iborat, — deydi O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bo‘lim boshlig‘i Faxriddin Otbasarov. — Ko‘rgazmaga turli mamlakatlardan mingdan ortiq jajji bolajonlarning rasmlari olib kelingan. Ularda atrof-muhitning ifloslanishi, atmosferaning buzilishi, havoning ifloslanishi, tuproqning sho‘rlanishi kabi ona tabiatga ziyon-zahmat yetkazayotgan turli muammolar bolalarga xos beg‘ubor nigoh bilan tasvirlangan. Ushbu suratlar murg‘ak qalblarning biz, kattalarga o‘ziga xos nidosi, desak, xato emas.
Tadbirda kuy-qo‘shiqlar yangradi. Sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Ko‘rgazma shu yil 30 maydan 2 iyungacha davom etadi.
Gulxanoy SAFAROVA,
O‘zDJTU talabasi
izohlar
O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi
Reja bo‘yicha, bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Yangilikni ko'rish
4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga (hozir 350 ming) yetkaziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida ma’lum qilgan.
Reja bo‘yicha, bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Umuman, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi.
Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi.